Pentagon AQShning Rossiyadan ustunligiga "putur yetganini" tan oldi

Obuna bo‘lish
AQSh Generali Pentagonning Rossiya va Xitoydan ustunligiga shubhasiz putr yetganini tan oldi. Bunga Rossiya va Xitoyning o‘z harbiy qudratini kuchaytirgani sabab bo‘lgan deb aytdi.

TOShKENT, 27 fev - Sputnik. Amerika Qo‘shma Shtatlarining dunyoda harbiy ustunligiga putur yetmoqda, Rossiya va Xitoy bu sohada o‘z imkoniyatlarini kuchaytirmoqda, dedi AQShning Shtablar boshliqlari qo‘mitasi rahbari, general Mark Milli Vakillar palatasida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda. RIA Novosti xabariga asosan. 

Pentagon vakili ta’kidlashicha, hozirgi paytda Amerika armiyasi hali ham harbiy ushlab turishni ta’minlashga, mamlakatni hujumdan himoya qilishga, ittifoqchilarni qo‘llab-quvvatlashga va har qanday potensial dushman bilan urush olib borishga tayyor.

"Biroq bizning raqobatbardosh ustunligimizga putur yetkazildi va hech kim buni shubha ostiga qo‘ymasligi kerak. Xitoy va Rossiya AQSh va uning ittifoqchilaridan ustun turish va butun dunyoda o‘z mavqeyini saqlab qolish uchun o‘zlarining harbiy imkoniyatlarini kuchaytirmoqdalar", - deb ta’kidladi Milli.

Avvalroq AQSh Mudofaa vaziri Mark Esper Vakillar palatasiga yozma ko‘rsatmalarida Vashington Rossiyaning hukmronlik qilish istagidan xavotirda ekanligini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqinda giperovozli qurollarning namoyish etilishi "(Moskvaning - tahr.)kuchayib borayotgan harbiy potensial borasidagi xavotirlarni tasdiqlaydi".

Rossiyaning AQShdagi elchisi Anatoliy Antonov Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan qabul marosimida, Rossiya qurollar poygasi yoki harbiy ustunlikka intilmayapti, ammo uning qurolli kuchlari xalqaro xavfsizlikning muhim omilidir, deb bayonot berdi.

Yangiliklar lentasi
0