Pentagon sobiq rahbari dunyoga eng katta xavf solayotgan mamlakatni aytdi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tish53-ya Munxenskaya konferensiya po bezopasnosti. Den perviy
53-ya Munxenskaya konferensiya po bezopasnosti. Den perviy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ish faoliyatim davomida menga duch kelgan mamlakatlar orasida eng xavflisi Pokiston - dedi AQSh generali.

TOShKENT, 4 sen – Sputnik. AQSh Mudofaa vazirligining sobiq rahbari Djeyms Mettis dunyoga eng katta solayotgan mamlakat deb Pokistonni aytdi. Sabab – Pokistonda jamiyatning keskin radikallashuvi hamda ushbu mamlakatda yadroviy qurol miqdorini oshirib borayotgani, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Seshanba kuni AQShda Mettisning yangi kitobi sotuvga chiqdi. Call Sign Chaos: Learning to Lead – nomli kitobda Pentagon sobiq rahbari quyidagi so‘zlarni yozgan: “Ish faoliyatim davomida menga duch kelgan mamlakatlar orasida eng xavflisi Pokiston, deb hisoblayman”.     

“Pokiston harbiylari ham buni yaxshi bilishadi. Agar siz radikal nuqtayi nazar kuchayib borayotgan jamiyatga dunyoda eng  tez ortib borayotgan yadroviy kuch-qudratni qo‘shsangiz – men nima uchun Pokistonni eng xavfli mamlakat deganimni tushunasiz. Shuning uchun ham bugun biz butun diqqatimizni yadroviy qurol nazoratiga va uning tarqalmasiliga qaratishimiz kerak. Bugun aynan mana shu eng katta muammo bo‘lmoqda”, - dedi Mettis matbuot anjumanida.

Jeyms Mettis – bir necha yil davomida Pentagon rahbari lavozimida ishlab kelgan. U 2018-yil oxirida Donald Trampning Suriyadan qo‘shinlarini olib chiqish haqidagi qaroridan norozi bo‘lib iste’foga chiqqan edi.

Yangiliklar lentasi
0