Mirziyoyev Yashnobod tumani quyi tizimda namuna bo‘lishi kerakligini aytdi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaOdin den s xokimom Yashnabada - Xojiakbarom Tillyashayxovim
Odin den s xokimom Yashnabada - Xojiakbarom Tillyashayxovim - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Yashnobod o‘z nomiga munosib yashnab turishi, quyi tizimda ishni tashkil qilish bo‘yicha namuna bo‘lishi kerak", - dedi davlat rahbari.

TOShKENT, 29 fev - Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Yashnobod tumani rahbarlari, mahalla raislari, tadbirkorlar, maktab va sog‘liqni saqlash muassasalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Toshkentning Mirobod, Yashnobod va Uchtepa tumanlariga yangi hokim tayinlandi

"Sizlar bilan, xalq orasida yurib, islohotlarimizni amalga oshirayotgan odamlar bilan suhbat qilib, mavjud muammo va masalalarni ochiq-oydin muhokama qilgani keldim. Shuning uchun yodlangan gaplarni gapirmasdan, ko‘proq savol berib, takliflaringizni aytsangizlar, xursand bo‘laman", - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Yashnobod tumanida 18 mingdan ziyod iqtisodiy faol aholiga ish o‘rinlari zarurligi, bandlikni oshirish uchun tadbirkorlikni jadal rivojlantirish kerakligi qayd etildi. 

O‘tgan yili tumanda investitsiyalar 1,3 barobar, sanoat 12 %, qurilish 26 %, xizmat ko‘rsatish 28 % o‘sgan. 445 milliard so‘m sarmoya hisobidan 16 ta ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish obyekti ishga tushirilgan. 

2020-2022 yillar uchun qiymati 8,5 trillion so‘m bo‘lgan 61 ta investitsiya loyihasi shakllantirilgan.

Odin den s xokimom Yashnabada - Xojiakbarom Tillyashayxovim - Sputnik O‘zbekiston
Hokim bilan bir kun – Toshkentning eng muammoli hududidan reportaj

Kichik korxonalar tashkil etish uchun tumanda rezerv va imkoniyatlar yetarli ekani, mahalla instituti bu borada faollik ko‘rsatishi lozimligi ta’kidlandi.

Maktabgacha ta’lim muassasasi qurish, maktablarni kapital ta’mirlash, zamonaviy klinikalar tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi. Sog‘lom hayot tarzini shakllantirish, odamlarni ko‘proq doriga emas, balki to‘g‘ri ovqatlanishga, sportga o‘rgatish butun jamoatchilikning vazifasi bo‘lishi kerakligi qayd etildi.

Jinoyatchilikning oldini olish, obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha ham ko‘rsatmalar berildi.

"Yashnobod o‘z nomiga munosib yashnab turishi, quyi tizimda ishni tashkil qilish bo‘yicha namuna bo‘lishi kerak", - dedi davlatimiz rahbari.

Ochiq muloqotda aholi va tadbirkorlar o‘z fikr-mulohazalarini aytdi. Prezident bildirilgan takliflarni qo‘llab-quvvatlash va ularni amalga oshirish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

Yangiliklar lentasi
0