Hokim bilan bir kun – Toshkentning eng muammoli hududidan reportaj

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaOdin den s xokimom Yashnabada - Xojiakbarom Tillyashayxovim
Odin den s xokimom Yashnabada - Xojiakbarom Tillyashayxovim - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning eng yosh hokimlaridan biri Hojiakbar Tillashayxov qisqa davr ichida qanday ishlarni bajara oldi, ko‘pchilik nazdida eng og‘ir va muammoli sanalgan hudud – Yashnobodni u istiqbolda qanday o‘zgartirmoqchi?

TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. Hojiakbar Tillashayxov, O‘zbekistonning eng yosh hokimlaridan biri, Toshkentning janubi-sharqiy qismida joylashgan Yashnobod tumaniga 35 yoshida hokim etib tayinlangan.

Hojiakbar Tillashayxov hokim lavozimini egallaganiga 30-iyul kuni bir yil to‘ladi. Sputnik O‘zbekiston muxbiri Dilshoda Rahmatova yosh rahbar qisqa davr ichida qanday ishlarni bajara oldi, rahbarlik mas’uliyati, ko‘pchilik nazdida eng og‘ir va muammoli sanalgan hudud – Yashnobodni u istiqbolda qanday o‘zgartirmoqchiligini bilish maqsadida bir kun davomida hokim bilan yonma-yon bo‘lib, uning ish faoliyatini kuzatdi.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaOdin den s xokimom Yashnabada - Xojiakbarom Tillyashayxovim
Hokim bilan bir kun – Toshkentning eng muammoli hududidan reportaj - Sputnik O‘zbekiston
Odin den s xokimom Yashnabada - Xojiakbarom Tillyashayxovim

Har qanday rahbar singari, hokimning ham ish kunlari tartibi ancha oldin rejalashtiriladi, ammo bu reja ba’zan favqulodda majlislar tufayli ham o‘zgarib turar ekan. «Hokim bilan bir kun» loyihasida shunga amin bo‘ldim.

Mehnatsevarlik dardiga chalinganlar

Tillashayxov bilan soat 7.45da Yashnobod tumani soliq inspeksiyasi binosi oldida uchrashamiz. Hokimning ish rejasiga ko‘ra, 8.00da bu yerda tuman budjetiga tushumlarni oshirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkaziladi.

Majlis boshlanishiga hali vaqt bor. Hokimdan uning odatiy ish kuni aslida soat nechadan va qanday boshlanishini so‘rayman. Tillashayxovning aytishicha, u kabinetda o‘tirib ishlaydigan rahbarlar xilidanmas. Ertalab soat oltidan tumanni aylanishni odat qilib olgan. Yo‘llar ahvoli, tozalik – bularning barchasini o‘rgangach, o‘rinbosalariga tegishli topshiriqlarni beradi. Odatda, kunni bugun bajarilishi kerak bo‘lgan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishdan boshlaydi va so‘ngra kun davomida asosiy ishlarni tumanni aylanib yurib, bajaradi.

Bugungi yig‘ilishni soliq idorasidan boshlagani sababini so‘rayman.

Tillashayxovning aytishicha, hokim etib tayinlangan kundan beri «soyadagi iqtisod»ni butkul yo‘qotish ustida ish olib boradi. «Kimdir solig‘ini to‘lab ishlasa-yu, kimdir soliq to‘lamasa, narxda tafovut bo‘ladi. «Soyadagi iqtisod»ni yo‘qotmasak, sog‘lom raqobat bo‘lmaydi. Tadbirkorlarni sindiradigan bunday muammoning bizga keragi yo‘q», - deydi Tillashayxov.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaOdin den s xokimom Yashnabada - Xojiakbarom Tillyashayxovim
Hokim bilan bir kun – Toshkentning eng muammoli hududidan reportaj - Sputnik O‘zbekiston
Odin den s xokimom Yashnabada - Xojiakbarom Tillyashayxovim

Aytishicha, so‘nggi uch yilda iqtisodda yuz bergan ijobiy impulslar tufayli 2019-yil olti oyi yakunlari bo‘yicha tuman budjetiga tushum rejasi 23 milliard so‘m ortig‘i bilan bajarilgan.

«Taqqoslashingiz uchun aytaman, 2018-yilda bu ko‘rsatkich atigi 8 milliard so‘mni tashkil qilgan. Bu ulkan yutuq emas, bu bilan o‘zimizni cheklamaymiz. Rejamizga ko‘ra, har kvartalda 35-40 milliard so‘mdan ortiqcha mablag‘ni tuman budjetida qoldiradigan bo‘lsak, ikki yilda mavjud barcha ijtimoiy sohadagi muammolarni bartaraf etishga imkon bo‘ladi», - deydi u.

Qisqa savol-javobdan so‘ng yig‘ilishga yo‘l olamiz. Bunda hokim to‘rt sektor rahbarlari bilan birgalikda kun tartibida turgan masalalarni muhokama etadi, bajarilgan ishlar yuzasidan mutasaddilar hisobotini tinglaydi, bajara olmagan xodimlarga ogohlantirish beradi va so‘ngra yig‘ilish yakunida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha rejalarni belgilab oladi.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaOdin den s xokimom Yashnabada - Xojiakbarom Tillyashayxovim
Hokim bilan bir kun – Toshkentning eng muammoli hududidan reportaj - Sputnik O‘zbekiston
Odin den s xokimom Yashnabada - Xojiakbarom Tillyashayxovim

 Demokrat rahbar

Majlis tugagach sentabrda ochilishi kutilayotgan ayollar sog‘lomlashtirish markaziga yo‘l olamiz.

Tillashayxov bilan suhbatimiz yo‘l-yo‘lakay uning xizmat mashinasida davom etadi. Aytgancha, u rulda emas. Avtomobilning orqa o‘rindig‘idan joy oladi.

«Yashnobod Toshkentning eng muammoli va og‘ir tumanlaridan biri degan tushuncha qanchalik haqiqatga yaqin?», - so‘rayman hokimdan.

Tuman rahbari tanqidiy savolimni yoqtirmaganini sezmadim. Aksincha, «O‘tkir savollarni beravering, yashiradigan narsamiz yo‘q», deya munozaraga chorlaydi.

- Muammolarimiz ko‘p haqiqatda, - deydi mashinadan atrofni kuzatib borar ekan.  –Misol uchun, dolzarb bo‘lgan ichki yo‘llar masalasi. Yillar davomida Yashnobod tumaniga asfalt yotqizilmagan. O‘tgan yili mahalliy budjetning ortig‘i bilan bajarilgan qismidan 100 ming kvadrat metrdan oshiq asfalt yotqizdik. Yil oxirigacha yana 200 ming kvadrat metr hududni asfallashtirish rejamizda bor. Eski uylar muammosi ham oldimizda turibdi. Sergelida uch bosqichda 1200dan ziyod xonadonlarni qurdik va birinchi badalini to‘lab, haqiqatdan turar-joyga muhtojlarni joyladik. Endi o‘zimiz ham tumanda ijtimoiy uylar qurayapmiz. Kun davomida, borib ko‘ramiz, hozirda qurilayotgan 1120 ta xonadondan 350tasi kam ta’minlanganlar, yolg‘iz ayollar va nogironligi bor insonlarga prezident sovg‘asi sifatida topshiriladi.

Yashnabodning og‘ir hudud deyilishi sabablaridan biri, ayrim turdagi jinoyatlar ko‘rsatkichi baland. Lekin jinoyatga moyillar ishga joylansa, maktablar, bog‘chalar bolalar u yerga intilishni orzu qiladigan darajada ta’mirlansa, yoshlar ko‘chada maqsadsiz yurmasa, holat, albatta, o‘zgaradi.

Jamoamiz bilan shunday strategiya tuzganmizki, budjetga tushadigan daromadni ijtimoiy masalalar yechimiga yo‘naltiramiz.

Bugun topgan pulimizni bog‘cha va maktablar, ko‘chalarni ta’mirlashga ishlatayapmiz.

Ertaga shaharsozlik, arxitekturaga chetdan investitsiya jalb qilish ustida ishlaymiz. Shahardagi tarixiy ahamiyatga ega birorta bino buzilmaydi, aksincha, rekonstruksiya qilinadi, chiroyli dizaynga keltiriladi. Ammo bu ikkinchi bosqichda qiladigan ishlarimizdir. Bizning barcha harakatlarimiz aholi muammolarini yechishga, ularning haq-huquqlarini ta’minlashga qaratilgan.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaOdin den s xokimom Yashnabada - Xojiakbarom Tillyashayxovim
Hokim bilan bir kun – Toshkentning eng muammoli hududidan reportaj - Sputnik O‘zbekiston
Odin den s xokimom Yashnabada - Xojiakbarom Tillyashayxovim

Markaziy Osiyoda yagona

…Ayollar salomatligi reproduktiv markazi – ayollar sog‘lig‘ini muhofaza qilishga ixtisoslashgan zamonaviy muassasa bo‘lib, bunda ayollar saraton kasalligiga qarshi davolanishlari mumkin. Shuningdek, markazda bepushtlik, estetik jarrohlik amaliyoti ham amalga oshiriladi. Markaz rahbari Dilorom Davletovaning aytishicha, muassasaga hamshiralarni bu markazda ishlashga tayyorlash uchun Rossiya va Germaniyadan mutaxassislar jalb qilingan. Germaniyadan keltirilgan qimmatbaho tibbiy uskunalar bilan jihozlangan bu muassasa Markaziy Osiyoda yagona bo‘lishi ta’kidlandi.

Aldab bo‘lmaydigan hisoblagichlar

Markazidan chiqib, shu hududda joylashgan elektron hisoblagichlar ishlab chiqariladigan korxonaga yo‘l olamiz.

O‘zbekistonda elektron hisoblagichlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan 3 ta korxona mavjud bo‘lib, ulardan bittasi Yashnobodda joylashgan. «O‘zenergosozlash» UK, Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi AJ va Xitoyning «Chonqin Huanhong” kompaniyasi tomonidan ta’sis etilgan ushbu korxona bugun bir kunda 4 mingta elektron elektr hisoblagichlar ishlab chiqarmoqda. Tez orada bu ko‘rsatkich 6,5 mingtaga yetkaziladi. Hisoblagich qutisi yuqori sifatli plastikdan ishlab chiqarilgan va yong‘indan himoyalangan, O‘zbekistonning keskin kontinental iqlimiga g‘oyatda chidamli. Korxona vakilining aytishicha, ushbu hisoblagichlarni aldash mumkinmas.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPoseshenie xokimom Yashnabada Xojiakbarom Tillyashayxovim predpriyatiya "Uzenergosozlash"
Hokim bilan bir kun – Toshkentning eng muammoli hududidan reportaj - Sputnik O‘zbekiston
Poseshenie xokimom Yashnabada Xojiakbarom Tillyashayxovim predpriyatiya "Uzenergosozlash"

 Elektron hisoblagichlar korxonasidan chiqib to‘g‘ri tumanda rossiyalik investor tomonidan qurilayotgan to‘rt yulduzli bo‘lishi kutilayotgan 112 o‘rinli mehmonxonani ko‘rish uchun yo‘l olamiz. Loyihaning umumiy qiymati 30 milliard so‘m.

Xizmat ko‘rsatish inshootini kelgusi turistik mavsum boshida ishga tushirish rejalashtirilgan.

Yolg‘iz ayollar e’tiborda

Tillashayxov bilan yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylarni ko‘zdan kechirish uchun Izzat ko‘chasiga yo‘l olamiz.

Ko‘p qavatli uylarning birini (126ta xonadonli) joriy yil sentabr oyida topshirish rejalashtirilgan. Ma’lum bo‘lishicha, 1120 xonadonning 350tasi hukumatga topshiriladi. Bu xonadonlar o‘z navbatida hukumat tomonidan yolg‘iz ayollar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, kam ta’minlangan oila vakillariga komissiya qarori bilan sotib yuborish huquqisiz umrbod bepul foydalanishga topshirilishi belgilangan.

Tillashayxov bilan suhbatimiz Yashnoboddagi harob ahvolga kelib qolgan uylarga qaytadi. Hokimning aytishicha, bunday «avariya» holatidagi uylarning barchasi o‘rganilib, hisobga olingan. Ularning o‘rniga kelgusida baland, zamonaviy ko‘pqavatli binolarni barpo etish uchun investorlar jalb etiladi. Eski uylar egalariga agar ular shu hududda yashash istagini bildirsa, yangi quriladigan uydan xonalar ajratilishi yoki tumanning istalgan hududidan mos uy olib berilishi rejalashtirilgan.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaOdin den s xokimom Yashnabada - Xojiakbarom Tillyashayxovim
Odin den s xokimom Yashnabada - Xojiakbarom Tillyashayxovim - Sputnik O‘zbekiston
1/3
Odin den s xokimom Yashnabada - Xojiakbarom Tillyashayxovim
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaOdin den s xokimom Yashnabada - Xojiakbarom Tillyashayxovim
Odin den s xokimom Yashnabada - Xojiakbarom Tillyashayxovim - Sputnik O‘zbekiston
2/3
Odin den s xokimom Yashnabada - Xojiakbarom Tillyashayxovim
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaOdin den s xokimom Yashnabada - Xojiakbarom Tillyashayxovim
Odin den s xokimom Yashnabada - Xojiakbarom Tillyashayxovim - Sputnik O‘zbekiston
3/3
Odin den s xokimom Yashnabada - Xojiakbarom Tillyashayxovim
1/3
Odin den s xokimom Yashnabada - Xojiakbarom Tillyashayxovim
2/3
Odin den s xokimom Yashnabada - Xojiakbarom Tillyashayxovim
3/3
Odin den s xokimom Yashnabada - Xojiakbarom Tillyashayxovim

Pudratchidan sentabrgacha bitta uyni bitirish va’dasi olingach, ta’mirga tashlangan maktabgacha ta’lim tashkiloti sari yo‘l olamiz. Bu yerda ham Tillashayxov sentabrgacha ta’mirlash ishlarini to‘liq tugatish lozimligi haqida topshiriq beradi.

Qurilish maydoniga aylangan Yashnobod

2019-yilda tumanning ikkita mahallasi «Obod mahalla» dasturiga tushgan va u yerda bugun to‘liq ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Xususan, Yashnobod MFYda ishlar qizg‘in. Ishchilardan biri gaz trubasini ta’mirlayotgan bo‘lsa, sal narida yana biri issiq suv quvurini ta’mirlamoqda. Mahalla atrofidagi o‘nqir-cho‘nqir yo‘llarga asfalt yotqizilib, chetlariga bordur qilinmoqda. Kimdir o‘tlarni tozalagan, kimdir qurigan shox-shabbalarni arralagan. Bu ishlar nihoyasida ko‘p qavatli uylarning fasadi ustida ish olib borish rejalashtirilgan.

Obodonlashtirish ishlari bilan tanishgach, Yashnobodni innovatsion hudud sifatida olamga tanishtirayotgan Texnopark tomon yo‘l olamiz.

Mashinada yo‘l-yo‘lakay tumanning mashhur Kadisheva bozoriga ko‘zim tushadi. Tillashayxovdan bozorlar qachon tartibga keltirilishini so‘rayman.

Hokim tumandagi 3ta bozordan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va oziq-ovqat bozorlari bo‘yicha loyihalar tayyorligini ta’kidlaydi.

“Ayni vaqtda Parkent bozori bo‘yicha loyiha tayyor, prezentatsiyasi Hukumat darajasida ko‘rib chiqilmoqda. Aslida bozorlar o‘rniga gipermarket qurib, tartibsizlik muammosini osonlikcha barham bersa bo‘ladi, bu eng oson yo‘li. Lekin, biz, o‘zbeklarda «otang bozor, onang bozor», «bozor bilan mozorga tegma» degan naql bor. Menga yoshligimdan shuni uqdirib kelishgan. Yashnoboddagi eng katta bozorimiz - Aviasozlar bozori bo‘ladigan bo‘lsa, unga ko‘pqavatli avtoturargoh kerak va u albatta, quriladi. Hozirda bor harakatimiz bozorlarimizni olib qolishga qaratilgan. Boshqaruvni xususiy sektorga berish kerak, chamamda. Xususiy sektor boshqarsa o‘g‘rilik kam bo‘ladi. Parkent va Kadisheva bozorlarini yopmasdan, bosqichma-bosqich restavratsiya qilib, zamonaviy, yorug‘, ko‘rkam va obod maskanga aylantirmoqchimiz. 2020-yil yarmigacha bu rejamizni amalga oshiramiz, deb umid qilaman».

Suhbat bilan bo‘lib Yashnobod texnoparkiga yetib kelganimizni sezmabman. Aslida ishlab chiqarish jarayoni shaharning turli hududlariga taqsimlab tashlangan. Biz Toshkent mexanika zavodi (Tapoich) hududida joylashgan korxonaga keldik. Texnopark rezidenti kompaniya ofislariga qo‘yiladigan, tariflar va xizmatlar bo‘yicha xuddi insondek gapirib, ma’lumotlar beruvchi uch dona robot ishlab chiqargan. Ulardan biri aloqa muzeyida, ikkitasi Ucell kompaniyasi ofisidan joy olgan.

Texnopark vakili hokim bilan suhbatda texnoparkning eng so‘nggi ishlanmasi – o‘ziga yerdagi namlikni tortib oladigan, ko‘rinishidan shakardan farq qilmaydigan mahsulot – gidrogel ishlab chiqarilganini xabar qiladi. Aytishicha, Nukusda cho‘lning o‘rtasiga shu gidrogel sepilib, archa ekilgan va usti qum bilan yopilgan. Archa olti oydan beri sahro o‘rtasida o‘sayapti, dedi faxr bilan suhbatdosh.

Bu orada Tillashayxov 1-sektor ishchi guruhi ishchi faoliyatini tahlil qiladi, kutilmagan qo‘ng‘iroqdan so‘ng Toshkent shahar hokimligiga borib, Bosh vazir qabulxonalariga rahbar tayinlash bo‘yicha yig‘ilishda ishtirok etadi, 244-maktabda o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini qanday o‘tkazayotgani bilan tanishishga va u yerda hatto o‘quvchilardan biri bilan shashka o‘ynashga ulguradi.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaOdin den s xokimom Yashnabada - Xojiakbarom Tillyashayxovim
Hokim bilan bir kun – Toshkentning eng muammoli hududidan reportaj - Sputnik O‘zbekiston
Odin den s xokimom Yashnabada - Xojiakbarom Tillyashayxovim

So‘ng “Do‘stlik” bog‘idagi anhor chetida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan meni tanishtiradi va so‘ngra u yerdan to‘g‘ri Yer usti metrosi qurilish ishlarini nazorat qilish uchun “Do‘stlik” bekati sari yo‘l olamiz.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaOdin den s xokimom Yashnabada - Xojiakbarom Tillyashayxovim
Hokim bilan bir kun – Toshkentning eng muammoli hududidan reportaj - Sputnik O‘zbekiston
Odin den s xokimom Yashnabada - Xojiakbarom Tillyashayxovim

Qaytishda an’anaga aylangan sayyor qabul o‘tkazish uchun Shohsanam mahallasidagi maktab binosi tomon yo‘l olamiz.

Hokim bilan uchrashib, unga o‘z muammolarini aytish va yechim topib ketish uchun o‘nlab aholi yig‘ilgan. Tillashayxov yoniga kelganlarning murojaatlari turli mazmunda: kimdir bir yildan beri issiq suvga muhtojligini aytsa, kimdir ish so‘rab kelgan, hatto xalq qabulxonasi rahbari maqtagan istarali onaxon o‘g‘li nohaq qamalgani va uning ozod etilishida yordam berishlarini iltimos qildi. Yoshi keksaroq onaxon saraton kasalligiga chalingan opasi uchun moddiy yordam so‘radi.

Xotini yaqinda farzand ko‘rgan erkak esa nogironligini iddao qiladi va uy olishga yordam berishlarini aytadi. “Lekin birinchi to‘lovga pulim yo‘q, kredit berishsin”, talab qiladi u. Kredit olish uchun esa hatto yarim stavka ishlashni mutlaqo rad etadi.

Hokim sayyor qabulga kelgan har bir fuqaroni diqqat bilan tinglaydi, masalani iloji boricha joyida hal qilishga harakat qiladi. Ammo ijrosi ma’lum vaqtni talab qiladigan muammolar ham yo‘q emas. Ikki soatcha davom etgan qabuldan birorta fuqaro hokimdan norozi bo‘lib ketmadi.

Kech soat yettida nihoyat hokimlik binosiga qaytamiz.

Hokim bilan suhbatimiz uning kabinetida davom etadi.

 “Yosh rahbar bo‘lish osonmi?”, - so‘rayman Tillashayxovdan.

U javobni uzoqdan boshlamaydi, har galgidek ochiq gapiradi.

“Oson, deb bo‘lmaydi, qiyin. O‘zimdan kelib chiqib javob berishim mumkin, 14-yil davomida bankda ishlaganman. Bank akademiyasini bitirganimdan keyin hukumat topshirig‘i bilan hokimiyatga iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha hokim o‘rinbosari bo‘lib keldim. To‘g‘risini aytaman, avvaliga bu lavozimda ishlashni xohlamaganman. Vaziyat og‘ir edi, birorta loyihani amalga oshiraman desangiz hokimiyatda resurs yetishmasdi. 2018-yilda Hukumat tomonidan hokim lavozimiga tayinlandim. Faoliyatimga bir yil to‘ladi yaqinda. O‘ziga yarasha mas’uliyatli ish. Qo‘limdan kelgancha harakat qilayapman. Qilgan mehnatingiz natija berayotganini ko‘rganingizda, yanada shijoat bilan ishga kirishar ekansiz.

-  Tuman haqida gapirilsa, mardikor bozorlarni eslamaslikning iloji yo‘q. Bu masalaga qanday yechim topmoqchisiz?

-  To‘g‘ri, mardikorlar to‘planadigan nuqtalar bizning hududda mavjud. Joylarga chiqib masalani o‘rganganimizda, Yashnobod aholisi mardikorlik qilmasligi aniqlangan. Siz aytgan bozorga respublikamizning boshqa hududlaridan fuqarolar kelib, tirikchilik qilishadi. Deylik, Qashqadaryo va vodiy tomonlardan keladiganlar ko‘p.

Xudo xohlasa, yil oxirigacha, aniqrog‘i oktabrlargacha mehnat vaziri Sherzod Kudbiyev bilan maxsus markazni ishga tushiramiz.

Bu yerda ishsizlar uchun o‘quv kurslari tashkil etiladi. Deylik, shaxs chetga chiqib ishlashni xohlaydi, lekin o‘z haq-huquqlari va tilni bilmaydi. Markazlarda talabgir sohalar: G‘isht terish deysizmi, kran ishlatishmi, xullas ko‘plab yo‘nalishlarda o‘quv kurslari tashkil etiladi. Hatto bosh vazirimiz sidelkalar va bog‘bonlik kurslarini ham tashkil etish to‘g‘risida g‘oya berib ketdilar.

Ishsizlarga agar ularning biznes loyihasi bo‘lsa, bankdan kredit oberishga yordam beramiz, hunar o‘rganishni istasa, o‘qitamiz, u ham bo‘lmaydigan bo‘lsa bir oyda bir martalik ish beramiz. Agar bu ham bo‘lmaydigan bo‘lsa ishsizlik nafaqasini olib shu yerdan pul bilan chiqib ketadi.

Markaz tayyor bo‘lganida kuniga 500-1000 kishigacha qabul qilish imkoniga ega bo‘lamiz. O‘ylaymanki, bu siz aytgan mardikorlar masalasi ijobiy hal etilishiga zamin yaratadi.

- Qattiqqo‘l, talabchan rahbar sifatida taassurot uyg‘otdingiz?

 - Qattiqqo‘lligim bor. Oldin bank sohasida ishlaganman, u yerda hamma narsa hisob-kitobli, berilgan topshiriq so‘zsiz bajarilishi kerak. Qo‘l ostidagi xodimlarga topshiriq bersam va bu topshiriqni ijrosi bo‘lmasa, aldasa, ularni kechirolmayapman. Yaqinda ikkita o‘rinbosarimni almashtirdik. Yosh va faol bo‘lishiga qaramasdan, berilgan topshiriqni vaqtida bajara olmadi. Bitta narsani tushunish kerak, topshiriq berapmanmi, demak men ham topshiriq olaman. Men katta rahbar emasman, meni tepamdayam, bir necha pog‘ona rahbarlar bor. Lekin insonga uning qo‘lidan keladigan yumushni berish kerakligini ham bilaman. Qo‘l ostidagi xodimlarimning hammasini yaxshi bilganim, ko‘zim yetgani uchun u yoki bu topshiriqni beraman. Ko‘zim yetib turib, u bajarmasa, bajara olmasa, uni kechirolmayman.

- Dam olishga vaqt qoladimi?

- Nima demoqchiligingizni tushundim. Prezidentimiz boshida 2-yil qattiq ishlasak, hammasini yo‘lga qo‘yib olsak, yaxshi bo‘ladi degan edilar. Yaqinda o‘tkazgan selektor yig‘ilishi oxirida kutilmaganda «Va’da bergandim ikki yil oldin - respublikadagi hamma hokimlar 10 kundan dam oladi», dedilar. Ishonasizmi butun respublika bo‘yicha o‘sha selektorni tomosha qilayotgan hokimlar qarsak chalib yubordi. Haqiqatan ikki yil dam olishsiz ishladik, shanba ham ishladik, yakshanba ham kerak bo‘lganida.

2018 yilda budjetga tushum zo‘rg‘a 8 milliard bo‘lgan bo‘lsa, 2019-yilni olti oyi ichida uch barobar oshdi. Bu o‘z-o‘zidan bo‘lgani yo‘q, tinimsiz mehnat, kechani kecha, kunduzni kunduz demadik. Prezident yakshanba kunlari farzandlaring bilan bo‘linglar, degan topshiriqni berdilar. Buyam mehnatimizga yarasha mukofot, deb bilaman.

Intervyudan so‘ng Tillashayxov kuz-qish mavsumiga doir yig‘ilish o‘tkazdi va nihoyat, 11dan o‘tganida kun davomida yig‘ilgan hujjat, xatlarni ko‘rib chiqib, imzolash uchun kabinetiga yo‘l oldi.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaOdin den s xokimom Yashnabada - Xojiakbarom Tillyashayxovim
Hokim bilan bir kun – Toshkentning eng muammoli hududidan reportaj - Sputnik O‘zbekiston
Odin den s xokimom Yashnabada - Xojiakbarom Tillyashayxovim

Ochig‘ini aytsam, hokimning bir kuni bu qadar murakkab bo‘lishini kutmagan edim. Albatta, men bu kun yakunlanganidan xursand bo‘lib, tezgina xayrlashib, uyga yo‘l oldim. Yo‘l-yo‘lakay esa faqat bir fikr charx urardi, chetdan qaraganda hokim hayoti tashvishsiz, beg‘am va osondek tuyuladi. Aslida esa yuqorida keltirilgandek nazorat, diqqat, xafsala va ulkan kuch-g‘ayrat talab etadi. Va bu sertashvish hayot uning hayot tarziga aylangan…

Yangiliklar lentasi
0