Toshkentning Mirobod, Yashnobod va Uchtepa tumanlariga yangi hokim tayinlandi

Obuna bo‘lish
Toshkent shahri tumanlari hokimlari o‘zgarishda davom etmoqda, bugun yana uchta tumanda hokimlar o‘zgardi.

TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Toshkent shahri tumanlari hokimlari o‘zgarishda davom etmoqda. Biz yaqinda Chilonzor, Yunusobod va Sirg‘ali tumanlariga yangi hokimlar tayinlanganini xabar bergan edik.

Toshkent shahar hokimiyati xabariga ko‘ra, Mirobod, Yashnobod va Uchtepa tumanlarida ham hokimlar yangilandi.

Mirobod tumaniga Shuhrat Po‘latov hokim etib tayinlandi. Po‘latov oldin Toshkent Mexanika zavodi direktori lavozimida ishlab kelgan. (Sobiq hokim — Sharofiddin Qodirov)

Yashnobod tumaniga Dilmurod Turdiyev  hokim etib tayinlandi. Turdiv oldin O‘zbekiston Iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.   (Sobiq hokim —  Farrux Hakimov)

Uchtepa tumaniga Shavkatbek Irgashev hokim etib tayinlandi. Irgashev oldin Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan. (Sobiq hokim — Jovdatxon Inogomov)

O‘zbekiston va jahondagi eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lishni istasangiz, Sputnik O‘zbekistonning Telegram-kanaliga obuna bo‘ling.

Yangiliklar lentasi
0