TOShKENT, 26 fev — Sputnik. Rossiyada odamlarni moliyaviy piramidalarga jalb qilishning yangi sxemalari paydo bo‘ldi, 3D-printerlar yordamida uylar qurilishiga investitsiya kiritish va sayohat yo‘llanmalari shular jumlasidandir. Bu haqda "Izvestie" nashriga tayangan holda RIA Novosti xabar bermoqda.
Bank vakilining aytishicha, firibgarlar nostandart yechimlardan foydalangan holda trendlarni yarata boshlaganlar.
"O‘tgan yili piramidalar asoschilari fuqarolarni 3D-printer yordamida turar-joylar qurilishiga investitsiyalar kiritishga jalb qilgan", — deya ta’kidladi Rossiya Markaziy banki vakili Valeriy Lyax.
Moliyaviy firibgarliklar bo‘yicha ekspert Oleg Anisimov esa bunday texnologiyadagi qurilish haqiqatda mavjudligini tasdiqladi. Ammo, gap firibgarlar haqida borar ekan, bu yerda real faoliyat to‘g‘risida gapirish noo‘rin.
Yangi turdagi firibgarlikning yana bir ko‘rinishi - dunyo bo‘ylab sayohat putovkalarini bozor narxidan 50% arzonlashtirib sotish hisoblanadi. Rossiya banki ma’lumotiga ko‘ra, shunga o‘xshash bir qator piramidalar aniqlangan. Ularda taxminan 500 nafargacha ishtirokchilarni sanash mumkin.
"Bunday opsiyaga ega bo‘lish uchue inson har oy tashkilotchi hisobiga kamida yuz dollar o‘tkazishi kerak, va kamida besh nafar tanishi yoki do‘stlarini chaqirishi lozim. Har bir yangi ishtirokchi uchun kelishilgan summadan tashqari ular kiritadigan badaldan foizlar o‘tkaziladi. Mana shu qoidalarga amal qilgan holda mijoz bir yidan so‘ng arzon yo‘llanmalarga da’vogarlik qilishi mumkin edi", - deb aytishdi idorada.
Ushbu sxemani fosh qilishning murakkab tomoni shunda ediki, bu kabi tuzilmalar bilan aloqaga kirishadigan odamlar avval boshdan uzoq vaqt kutishga tayyor bo‘ladi. Firibgarlarga aynan shu juda qo‘l keladi.
"Aksariyat hollarda odamlar o‘sha tashkilotchilar pullarni yig‘ib, ko‘zdan g‘oyib bo‘lgandan so‘nggina hamma yoqqa jar sola boshlaydilar", - deya tushuntirishdi Markaziy bankda.