"Koʻrshapalak uyasi": Oʻzbekistonda yangi moliyaviy piramida ommalashmoqda

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka oʻtishMMM reklamasi Zubovskiy bulvarda
MMM reklamasi Zubovskiy bulvarda  - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Keyingi oylarda avom orasida, bozorlarda, choyxonalarda hech kim tanimagan, ilgari hech kim koʻrmagan odamlarning koʻrshapalak uyasi sotib olayotganliklari haqida gap-soʻzlar bolalamoqda

TOSHKENT, 2 yanv - Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda, xususan Feysbuk sahifalarida yangi moliyaviy piramida — koʻrshapalak uyasi ommalashmoqda.

Piramida - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Moliyaviy piramida qurboniga aylanmaslik qoidalari

Telegrammdagi "Davletov.uz" kanali xabariga koʻra, keyingi oylarda avom orasida, bozorlarda, choyxonalarda hech kim tanimagan, ilgari hech kim koʻrmagan odamlarning koʻrshapalak uyasi sotib olayotganliklari, bu orqali katta pul ishlash mumkinligi borasida ajabtovur gaplar paydo boʻlmoqda.

"Oldindan ogohlantiramiz: bu moliyaviy piramida. Bu kabi oldi-sotdi obʼyekti qobigʻida oʻralgan chalgʻituvchi piramidalar ilgari giryalar va tikuv mashinalari misolida namoyon boʻlgan.

Eslatib oʻtamiz, koʻrshapalak uyasi ham, girya ham, eski tikuv mashinalari ham qiymat manbai emas, ularni sotib olish orqali iqtisodiy, numizmatik yoki tarixiy qoʻshimcha qiymat yaratilmaydi.

Sovun pufagi singari shishiriladigan bu kabi sxemalardan faqat piramida fundamentida turganlargina manfaatdor boʻladilar, piramida hayotining qolgan barcha bosqichlarida qoʻshilganlar faqat qurbon boʻlish funktsiyasini bajaradilar", - deb ogohlantiriladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0