TOShKENT, 24 okt – Sputnik. Xorijdagi mashqlarda ilk bor S-400 zenit majmuasi va “Pansir-S” batarayasi qatnashadi, deb xabar qildi Rossiya Mudofaa vazirligi xabar qildi.
Rossiya zenit raketa majmualari “Slavan qalqoni” o‘quv mashg‘ulotda qatnashish uchun Serbiyaga olib borildi.
Qurol majmualari Bataynitsa aviabazasida o‘rnatiladi. Mashqda rus-serb guruhi qismi bo‘lib, ular tuman havo hujumiga qarshi mudofaa tizimini ta’minlaydi. Bundan tashqari, shartli dushmanning havo nishonlarini aniqlash, kuzatish va yakson qilish bo‘yicha vazifalarni bajarishi kerak.
“Slavan qalqoni - 2019” mashqi ilk bor o‘tkazilmoda. Mashq ikki bosqichdan iborat: birinchisi sentabrda Astraxan viloyatida o‘tkazildi, ikkinchisi 29-oktabrgacha Serbiyada davom etadi.