Jamiyat

Chinakam oila – bu ota va ona: oʻzbekistonliklar Putin pozitsiyasini qoʻllab-quvvatlaydi

© Sputnik / Anton Denisov / Mediabankka oʻtishDen semi, lyubvi i vernosti
Den semi, lyubvi i vernosti - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Vladimir Putin Rossiyada №1 va №2 ota-ona tushunchasini singdirish kabi liberal gʻoyaga keskin javob qaytardi. Davlat rahbari, toki u hukumat tepasida ekan, bunga oʻrin boʻlmasligini aytib ishontirdi. Oʻzbekistonda ushbu pozitsiya toʻliq qoʻllab-quvvatlandi.

TOSHKENT, 17 fev — Sputnik. RF Konstitutsiyasiga qator muhim oʻzgarishlarni kiritilishi tashabbusini ilgari surgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin, oila maqomi va tushunchasi masalasini ishlab chiqishni vaʼda qildi. Xususan, davlat rahbari, toki u hokimiyat tepasida ekan, Rossiyada №1 va №2 singari shartli ota-ona emas, balki "ona" va "ota" boʻlishini aytgan edi.

Konstitutsiya RF - Sputnik Oʻzbekiston
Human Rights Watch Rossiya Konstitutsiyasiga kiritilayotgan tuzatishlarni tanqid qildi

Oʻzbekistonda anʼanaviy qadriyatlar Rossiya madaniyatiga ham, sobiq ittifoq mamlakatlarga ham yot boʻlgan mavhum demokratik taʼsirlardan himoyalanish kerak, deya taʼkidlab, Rossiya yetakchisining pozitsiyasini toʻliq qoʻllab-quvvatlaydilar.

"Oʻrta Osiyodagi har qanday erkak sizga oilada, albatta, ota va ona boʻlishi kerak, deb aytadi - №1 va №2 ota-ona emas! Bu haqda Qurʼonda ham, Injilda ham, qolaversa bizning vijdonimizda ham yozilgan. Biz shunday tarbiya olganmiz va bu singari taʼriflarga mutlaqo qarshimiz. Normal odamlar bu singari shakllarni qabul qilmaydilar. Men Rossiya prezidentining ota va ona Xudo tomonidan yaratilgan - Odam Ato va Momo Havo boʻlishi kerak, degan pozitsiyasini qoʻllab-quvvatlayman. Boshqacha boʻlishi mumkin emas!", - dedi VETERAN uyushmasi raisi Talʼat Muradov.

Militsiya - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Toshkentda geylar taʼqib qilinmoqdami - IIBB javobi

Demokratiya va inson huquqlari instituti direktori, Oʻzbekiston prezidenti qoshidagi Maslahalashuv kengashi aʼzosi Sayyora Xodjayeva ham RF prezidenti pozitsiyasini qoʻllab-quvvatlagan.  Uning fikricha, prezident Shavkat Mirziyoyev ham bunday holatda, albatta, RF prezidenti singari harakat qilgan boʻlur edi.

"Men ham bu borada konservatorman. Vladimir Putin pozitsiyasini toʻliq qoʻllab-quvvatlayman, chunki "ota" va "ona" soʻzidan yaxshiroq, dilga yaqinroq soʻzlar hali oʻylab topilmagan. Biz uchun oila qadriyatlari aynan shu soʻzlardan boshlanadi va, ayniqsa, Sharqda bu soʻzlar muqaddas sanaladi", - deb taʼkidladi Xodjayeva.

Shu bilan birga, Xodjayevaning fikricha, dunyodagi oila institutiga nisbatan erkin munosabat shakllangan, shu jumladan, bir jinsli nikohlar qonuniylashtirilgan davlatlarida, bunday choralar aktual boʻlishi mumkin, ammo anʼanaviy jamiyatlar uchun bu kabi kriteriyalar oʻrinsizdir.

"Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida bir jinsli nikohlar koʻzda tutilmagan. Bundan tashqari, jinoiy kodeksi bilan taʼqib qilinadi va aynan shu bois bizni gʻarbliklar koʻpincha tanqid qilishadi", - deb xotima qildi huquq himoyachisi.

Flag SSHA - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Chechenistonda geylar taʼqibga uchraganmi? AQSH tekshirishga qaror qildi

Oʻz navbatida, MGUning Toshkent filiali direktorining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari Shuhrat Mirzayev, turli kategoriyalardagi insonlarga nisbatan bagʻrikenglik munosabatiga qaramasdan, ushbu masalada u anʼanaviy shakldagi oila va nikoh tarafdori ekanligini taʼkidladi. Mirziyoyev aynan shu jihatdan Vladimir Putinning pozitsiyasi kutilgan va toʻgʻri ekanligini taʼkidladi.

"Sharqona anʼanalarimiz va urf-odatlarimizdan kelib chiqqan holda, men ham №1 va №2 ota-ona borasidagi yondashuvni qabul qilmayman. Har bir bolaning otasi va onasi boʻlishi lozim, qolgani asrlar davomida shakllanib kelgan oila anʼanalariga ziddir. Men bagʻrikeng emasdek koʻrinishni istamayman, men koʻplab narsalarga chidayman, ammo ushbu masalada aynan shunday fikrdaman. Bu mening shaxsiy fikrim", - dedi u.

Taniqli oʻzbek aktrisasi Zuhra Soliyeva sogʻlom jamiyat hamda oila va nikoh singari qadriyatlarga toʻgʻri munosabat uchun oʻsib kelayotgan yosh avlodni toʻgʻri tarbiyalash kerak, degan fikrda. "№1 va №2" ota-ona tushunchasini muomalaga kiritish taklifi esa - bu normal holat emas.

"Hech qachon! Hech qachon! Bu xavfli tendentsiya – men bunga qarshiman! Noanʼanaviy jinsiy oriyentatsiya - bu kasallik! Men oʻz fikrimda qolaman: Bola sogʻlom va toʻla oilada voyaga yetishi kerak, u yerda normal ota, normal ona boʻlishi kerak, genlar toʻgʻri boʻlishi uchun", - deya ishonch bildirdi aktrisa.

Uning soʻzlariga koʻra, bolalarni shunday tarbiyalash kerak: qizni qiz boladek, oʻgʻil bolani oʻgʻil boladek. Ayniqsa, bolani oʻsmirlik davrida koʻzdan yiroqlatmaslik muhim, aynan shu vaqtda oriyentatsiya oʻzgarishi mumkin. Bu davrda ota-onalar eʼtiborli, mehrli boʻlishi, bu belgilarni ilgʻashi va agar qandaydir oʻzgarish boʻlsa - qayta tarbiyalashga ulgurishi lozim.

Soliyeva, shuningdek, shaxs tarbiyasida atrof-muhit ham gʻoyatda muhim ahamiyat kasb etishini qoʻshimcha qildi. Bolaning sport yoki boshqa foydali mashgʻulot bilan shugʻullanishiga sharoit yaratib berish lozim.

Tserkov svyatogo Fomы v Nyu-Yorke. - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Bizning va Amerika Xudosi: singdirilgan qadriyatlar masalasi haqida

Faqat shunday kompleks yondashuv oʻz natijasini berishi mumkin va bu kabi formulirovkalar jamiyatda mutlaqo muammoli masala tarzida koʻtarilmaydi.

Ushbu masala boʻyicha Oʻzbekiston xalq artisti, afsonaviy "Yalla" guruhi asoschisi Farrux Zokirov hayajon bilan gapirdi.

Artist Gʻarbning bu singari yolgʻon demokratik taʼsirlari na Rossiyada, na oilaga munosabat muqaddas sanalagan Sharqda oʻz oʻrnini topa olmasligiga ishonch bildirdi.

"Birinchi va ikkinchi raqamli ota-onalar masalasiga kelsak, balki bu ular uchun demokratiyadir, men bilmadim. Xudo asrasin bundan! Men bilmayman, kasallikmi bu, Xudo koʻrsatmasin! Bu insonga xos boʻlgan tushunchalarning buzib koʻrsatilishidir. Ilohim, bunday holatlar bizning oʻlkamizga hali ancha vaqt yetib kelmaydi", - dedi artist.

Zokirovning aytishicha, shaxsan u uchun oila hayotidagi eng muhim narsa: ishonch, bolalar va nabiralarni katta qilishdek bebaho baxt, ijodkordek inson uchun esa tuganmas ilhom manbaidir.

Oʻzbekistonda yoshlar va oila masalasiga eng yuqori darajalarda muhim eʼtibor qaratiladi. Xususan, fevral oyi boshida respublika prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatda mahalla va oila masalalari boʻyicha alohida vazirlik tashkil etish tashabbusini ilgari surdi. Hukumatdagi bu yangi tuzilma ijtimoiy holatni yaxshilash, ajrashuvlar sonini pasaytirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishiga xizmat qilishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0