Human Rights Watch Rossiya Konstitutsiyasiga kiritilayotgan tuzatishlarni tanqid qildi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishKonstitutsiya RF
Konstitutsiya RF - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tashkilot vakili so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgarishlar RFda yashovchi noan’anaviy jinsiy oriyentatsiyaga ega vakillar haq-huquqini cheklaydi

TOShKENT, 17 fev – Sputnik. Human Rights Watch (HRW) huquqni himoya qilish xalqaro tashkilotining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha bo‘limi rahbari o‘rinbosari Tatyana Lokshina Rossiya Konstitutsiyasida oila tushunchasiga kiritilayotgan o‘zgartishlarni tanqid qildi. Ayol so‘zlariga ko‘ra, ushbu o‘zgarishlar mamlakatda yashovchi noan’anaviy jinsiy oriyentatsiyaga ega vakillar haq-huquqlarini cheklaydi.

AQSh Mudofaa vazirligi - Sputnik O‘zbekiston
Pentagon harbiy xizmatchiga gey-paradda formada qatnashishga ruxsat berdi

Sal oldin Rossiya Davlat dumasi vitse-spikeri Petr Tolstoy nikoh bu erkak va ayol ittifoqiligi. degan tushunchani konstitutsiyada belgilash zaruriyati haqida gapirgan edi. Tolstoyga ko‘ra, bu holat noan’anaviy jinsiy oriyentatsiyaga ega bo‘lgan shaxslarga alohida huquq berish kerakligi mavzusidan o‘z manfaati yo‘lida foydalanishning oldini olishga yordam beradi.

Vitse-spiker so‘zlariga ko‘ra, shunday qadam "biron bir xalqaro institutlar bundan buyog‘iga Rossiyaga LGBT-hamjamiyatlar uchun allaqanday maxsus huquqlar qabul qilish lozimligini tiqishtira olmasligini" kafolatlaydi.

"Meni fikrimcha, bu birinchi galda ichki auditoriyaga qaratilgan ishora, siyosatchining mamlakat ichidagi konservativ auditoriya bilan o‘ynashuvi", dedi Lokshina RIA Novosti bilan suhbatda.

"Gomofobiya Rossiyada ancha kuchli, diskriminatsiya qiluvchi qonunning qabul qilinishi va OAVdagi tegishli ritorikadan so‘ng esa yanada kuchayishi mumkin", deb hisoblaydi ayol.

LGBT-parad v Madride - Sputnik O‘zbekiston
G‘arb o‘zining "yangi e’tiqodini" O‘zbekistonda targ‘ib qila oladimi - ekspert javobi

Shu bilan birga, Lokshinaning ta’kidiga ko‘ra, Tolstoy ritorikasi G‘arbga tomon ham yo‘naltirilgan.

"Ehtimol, Rossiya auditoriyasiga murojaat qila turib, janob Tolstoy, bir vaqtning o‘zida g‘arblik sheriklarga Rossiya nafaqat diskriminatsiya qiluvchi qonunni bekor qilmasligi, balki uning o‘zi bir qator hamkasblari bilan diskriminatsiya normalarini konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yishni to‘g‘ri deb hisoblashlari haqida muayan signal yubormoqda", - dedi HRW vakili.

Ayol gey-propagandani taqiqlash haqidagi qonunni nazarda tutayotganini tushuntirdi.

"O‘qituvchi yoki psixologning bolalar yoki o‘smirlar bilan bu mavzudagi suhbati gey-tashviqot sifatida baholanishi mumkin", - dedi Lokshina.

Ishchi guruh hamraisi Pavel Krasheninnikov Tolstoy tomonidan taklif etilayotgan nikoh tushunchasini konstitutsiyada mustahkamlash unchalik to‘g‘ri emasligini, chunki to‘liqsiz oilalar ham borligini, nikoh tushunchasi esa Oila kodeksida mustahkamlab qo‘yilganini aytgandi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘tgan haftada RF Konstitutsiyasiga tuzatishlar kiritish bo‘yicha takliflarni tayyorlayotgan ishchi guruh bilan uchrashuvi davomida, toki u Rossiya prezidenti ekan, Rossiyada "birinchi va ikkinchi raqamli ota-ona" bo‘lmasligini, faqat "ota va ona" bo‘lishini alohida ta’kidlagan edi. Shu bilan birga, davlat rahbari, ushbu normani mamlakat bosh qonunida mustahkamlab qo‘yish kerak yoki kerak emasligiga aniqlik kiritmagandi.

Yangiliklar lentasi
0