"Buni sovurib bo‘lmaydi": o‘zbekistonliklar RF yerlari Konstitutsiya bilan himoyalanishi haqida

© Sputnik / Pavel Lvov / Mediabankka o‘tishUchastniki detskogo yubileynogo reysa v chest 60-letiya atomnogo ledokolnogo flota razvernuli gigantskiy rossiyskiy flag na Severnom polyuse, kuda oni pribili na ledokole "50 let Pobedi"
Uchastniki detskogo yubileynogo reysa v chest 60-letiya atomnogo ledokolnogo flota razvernuli gigantskiy rossiyskiy flag na Severnom polyuse, kuda oni pribili na ledokole 50 let Pobedi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda Rossiya Federatsiyasi prezidentining Rossiya hududiy yaxlitligini mustahkamlash zaruriyati to‘g‘risidagi bayonotini mantiqan va qonunan to‘g‘ri deb hisoblashadi.

TOShKENT, 17 fev — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat Konstitutsiyasida Rossiya yerlarini har qanday begonalashtirishga taqiq qo‘yilishini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.

Prezident Rossii Vladimir Putin vo vremya svoyey yejegodnoy press-konferensii v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Bloomberg Putinning 20-yil davomidagi yutuqlariga baho berdi

Demokratiya va inson huquqlari instituti direktori, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi maslahatlashuv kengashi a’zosi Sayyora Xodjayeva bunday qoidalar Rossiya Federatsiyasining milliy manfaatlariga to‘liq mos kelishini ta’kidladi.

"Vladimir Putin o‘z ona yurtining haqiqiy  vatanparvaridir va Rossiya yerlarini begonalashtirishni konstitutsiyaviy asosda taqiqlash tarafdori ekanligini yana bir bor ta’kidlab, davlat rahbari sifatida faqat o‘z mamlakatining yaxlitligini ta’minlash uchun ish tutishini tasdiqlaydi. O‘ylaymanki, bunday qarorga kelish uchun faqatgina Alyaskaning o‘zi kifoya bo‘lar edi"- deya ta’kidladi Xodjayeva.

Uning fikriga ko‘ra, bunday yondashuv ko‘plab davlat rahbarlari uchun tushunarli va mantiqiydir.

Ushbu tashabbus taniqli o‘zbek musiqachisi va bastakori O‘ktam Hakimov tomonidan ham qo‘llab-quvvatlandi. Uning fikricha, bunday strategik g‘oyalar olqishga sazovor.

Den semi, lyubvi i vernosti - Sputnik O‘zbekiston
Chinakam oila – bu ota va ona: o‘zbekistonliklar Putin pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlaydi

"Men Rossiya prezidentining bu boradagi bayonotini to‘liq qo‘llab-quvvatlayman - bunday boylikni hech qachon sovurib bo‘lmaydi", - dedi san’atkor.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin joriy yilning yanvar oyi o‘rtalarida Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisiga yo‘llagan murojaati doirasida mamlakatning asosiy qonuniga bir qator muhim o‘zgartirishlarni taklif qildi.

Ular, avvalambor, parlamentning ikkala palatasini roli va vakolatlari, prezidentlikka nomzodlar va parlament a’zolariga qo‘yiladigan talablar bilan bog‘liq. Bundan tashqari, davlat rahbari oila maqomi haqidagi ta’rif haqida o‘ylab ko‘rishga va’da berdi. Shu bilan birga, Putin mamlakatni boshqarar ekan, Rossiyada 1-raqamli va yoki 2-raqamli ota-ona tushunchalari paydo bo‘lmasligi – aksincha, faqat "ota" va "ona", bo‘ladi, deya ishontirdi.

Referendumda o‘zgarishlar taqdirini hal qilish rossiyaliklar qo‘lida bo‘ladi. Darvoqe, Rossiya yetakchisi umumiy fikr bildirish, dam olish kuni deb e’lon qilinajak ish kunida o‘tkazilishini istashini bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0