Bloomberg Putinning 20-yil davomidagi yutuqlariga baho berdi

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishPrezident Rossii Vladimir Putin vo vremya svoyey yejegodnoy press-konferensii v Moskve
Prezident Rossii Vladimir Putin vo vremya svoyey yejegodnoy press-konferensii v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Agentlik Rossiya prezidentining asosiy yutug‘ini uning kamtarona budjet bilan dunyodagi geosiyosiy ta’sirini kuchaytira olishi ekanini aytgan.

TOShKENT, 30 dek — Sputnik. Vladimir Putinning 20-yillik faoliyati davomida Rossiya SSSR parchalanishidan so‘ng yo‘qotilgan ahamiyatli ta’sirini tiklay oldi, deb yozadi Bloomberg.

Prezident RF V. Putin prinyal uchastie v zasedanii rasshirennoy kollegii Minioboroni RF - Sputnik O‘zbekiston
Financial Times Putinni o‘n yillikning eng ahamiyatli kishilar ro‘yxatiga kiritdi

Maqola mualliflari Rossiya Putinning faoliyati davomida Xitoy bilan aloqalarni mustahkamlagani, Qrimni qo‘shib olgani, Suriyadagi vaziyatni o‘zgartirganini ta’kidlashgan.

Qolaversa, Rossiya NATOga kiruvchi Turkiyaga S-400 zenit-raketa komplekslarini sotgan.

Shuningdek, agentlik Putin Parijda bo‘lib o‘tgan “normand to‘rtligi” sammitiga ta’sir ko‘rsata olishga muvaffaq bo‘lganini qayd etgan.                                                                   

Agentlik Rossiya prezidentining asosiy yutug‘ini uning kamtarona budjet bilan dunyodagi geosiyosiy ta’sirini kuchaytira olishi ekanini aytgan. AQSh Rossiyaga qaraganda mudofaa uchun ikki baravar ko‘proq pul sarflashini eslatib o‘tgan.

“Rossiya Yaqin Sharqda yana asosiy kuchga aylandi va Afrikaga ta’sirini kengaytirmoqda”,  - deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, Moskvaning Ukraina mojarosidan keyin moddiy masalalardagi ehtiyotkorligi mamlakat moliya muvozanatini “dunyodagi eng sog‘lomlardan biri” qildi.

Yangiliklar lentasi
0