TOSHKENT, 14 fev — Sputnik. Bugun AOKAda “2019 yilda isteʼmolchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlash borasidagi faoliyat: erishilgan natijalar va istiqboldagi ustuvor vazifalar” mavzusida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi, Sputnik muxbiri xabariga asosan.
Anjumanda ishtirok etgan «Hududiy elektr tarmoqlari» boshqaruvi raisi Ulugʻbek Mustafoyevning taʼkidlashicha, bugungi kunda Oʻzbekistonda “Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ni joriy etish boʻyicha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
Masalan, ushbu avtomatlashtirilgan tizimdagi hisoblagichalar isteʼmolchilarga “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mablagʻlari hisobidan bepul oʻrnatib berilmoqda.
Xususan, bugungacha mamlakatning 68 ta tuman va shaharlarining 3 milliondan ziyod xonadonlariga zamonaviy elektr hisoblagichlar oʻrnatilgan.
Joriy yil yakuniga qadar esa yana 7 million aholining zamonaviy elektr hisoblagichlar bilan taʼminlishi koʻzda tutilmoqda.
Qoʻshimcha maʼlumot: avtomatlashtirilgan tizimlar bu elektr energiyasi isteʼmolchilari tomonidan isteʼmol rejimlarini operativ nazorat qilish, uni tahlil qilish, isteʼmolchilar yuklanishini optimal boshqarish imkonini beradi.
Ushbu tizim (ASKUE)dan foydalangan holda, energoobʼyektlarda maʼlumot yigʻish, uni shakllantirish, axborot toʻplash, uni yuqori boshqaruv darajasiga uzatish, elektr energiya yetkazib beruvchilari va isteʼmolchilar oʻrtasida tijoratga oid hisob-kitoblarni bajarish vazifasini bajaradi.
Avtomatlashtirilgan tizimlar elektr energiyasi va quvvat isteʼmolchilari tomonidan isteʼmol rejimlarini operativ nazorat qilish, uni tahlil qilish, isteʼmolchilar yuklanishining optimal boshqarish imkonini beradi.
ASKUEdan foydalangan holda, energoobʼyektlarda maʼlumot yigʻish va shakllantirish, axborot yigʻish, unit yuqori boshqaruv darajasiga uzatish, shuningdek elektr energiya yetkazib beruvchilari va isteʼmolchilar oʻrtasida tijoratga oid hisob-kitoblarni bajarish vazifasini bajaradi.