Ekspert Afg‘onistondagi amerika askarlari taqdiri haqida gapirdi

© Official U.S. Navy PageVoyennoslujashie NATO osushestvlyayut posadku v vertolet
Voyennoslujashie NATO osushestvlyayut posadku v vertolet - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh va "Tolibon" radikal harakati Afg‘onistonda yetti kun davomida zo‘ravonlikni kamaytirish kelishuvi bo‘yicha oldinga siljishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar qildi payshanba kuni Pentagon rahbari Mark Esper.

TOShKENT, 14 fev - Sputnik. AQSh yaqin istiqbolda Afg‘onistonni tark etadi, deb hisoblaydi armiya generali, Rossiya kengashining xalqaro masalalar bo‘yicha vitse-prezidenti, Rossiyaning Hindistondagi sobiq elchisi Vacheslav Trubnikov.

Voyennoslujashie NATO osushestvlyayut posadku v vertolet - Sputnik O‘zbekiston
Tramp Afg‘onistondagi mojaro tezroq tugatishini xohlayotganini aytdi

AQSh va "Tolibon" radikal harakati Afg‘onistonda yetti kun davomida zo‘ravonlikni kamaytirish kelishuvi bo‘yicha oldinga siljishga muvaffaq bo‘ldilar, deb xabar qildi payshanba kuni Pentagon rahbari Mark Esper.

Sal keyin AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo AQSh va "Tolibon" so‘nggi bir necha kun davomidagi muzokaralarda "ancha muhim siljishlarga" erishganini aytdi. Pompeoga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp muzokaralarni davom ettirishni buyurgan, shu bilan birga Vashington barcha afg‘onliklar ishtirokida muzokaralarga kirishish uchun zo‘ravonlik sezilarli kamayishini kutmoqda.

Trubnikov RIA Novosti nashriga bergan intervyusida ushbu muzokaralarga izoh berar ekan: "bu jarayonning navbatdagi fazasi ekanligini" aytdi. 

"Ammo ish shunga bormoqdaki, nazarimda, amerikaliklar yaqin istiqbolda u yerni tark etadilar. Chunki ular ancha jiddiy yo‘qotishlarni boshdan kechirishmoqda, bu ular to u yerni tark etmagunlariga qadar davom etadi. Ular bir-ikkita bazalarini qoldirishlari ehtimoldan holi emas, ammo ularning u yerni allaqachon tark etishlari vaqti keldi", - dedi ekspert.

Ministr inostrannix del Respubliki Uzbekistan Abdulaziz Kamilov - Sputnik O‘zbekiston
Sputnik uchun maxsus: Kamilov yil yakuni, Markaziy Osiyo va afg‘on muzokaralari to‘g‘risida

Shu bilan birga, Trubnikov fikricha, muzokaralar davom etadi. "Ular hatto qandaydir qarorga kelishar ehtimol, ammo bu yerga gap nimada: Qobulsiz toliblar bilan muzokaralar? Bu katta masala - Qobul protest bildiradi. Qobul bilan lekin toliblarsiz muzokaralar - toliblar bunday muzokaralarni pisand qilmaydi", - dedi u.

AQSh va toliblar o‘rtasida 2019-yilning bir necha oyi davomida muzokaralar o‘tkazildi. AQShning Afg‘oniston bo‘yicha vakili Zalmay Xalilzad va toliblarning Doxadagi siyosiy ofisi delegatsiyasi sakkiz raund muzokaralar natijasi bo‘yicha tinchlik to‘g‘risida bitim loyihasi yuzasidan kelishuvga erishdilar. Bitim o‘t ochishni to‘xtatish, Afg‘onistondan chet el qo‘shinlarini chiqarish va tinchlik to‘g‘risida umumiy afg‘onlararo muzokaralar boshlanishini nazarda tutardi. Ammo toliblar tomonidan sentabr oyida Qobulda va boshqa shaharlarda qator teraktlar amalga oshirilib, bunda amerika harbiylari halok bo‘lgach, AQSh prezidenti Donald Tramp "Tolibon" bilan muzokaralarni to‘xtatishni va hujjat imzolanishini bekor qilishni buyurgan edi.

Yanvar oyi o‘rtasida toliblar Xalilzodga Afg‘onistonda yetti kundan o‘n kungacha o‘t ochishni to‘xtatish vaqtinchalik rejimni o‘rnatish bo‘yicha takliflar bayon etilgan hujjatni taqdim etishdi. Toliblarning Qatardagi siyosiy ofisi vakili afg‘on radikal harakati va Xalilzod boshchiligida amerika delegatsiyasi o‘rtasida muzokaralar qayta yangilanganligini tasdiqlagan.

Yangiliklar lentasi
0