TOShKENT, 5 fev – Sputnik. AQSh Prezidenta Donald Tramp o‘zining Kongressga yo‘llagan murojaatida, AQSh ishtirok etayotgan - Afg‘onistondagi eng uzoq harbiy mojaroga chek qo‘yishga intilayotganini aytdi.
"Men Afg‘onistonda aksariyati begunoh bo‘lgan yuz minglab odamlarni o‘ldirmoqchi emasman. Shuningdek, biz xavfsizlik kuchlari sifatida boshqa davlatlarga yordam berishga majbur ham emasmiz. Bular g‘alaba qozonish yoki umuman mojaroga bormaslikni maqsad qilgan dunyodagi eng yaxshi harbiylardir", dedi Tramp har yilgi Kongressga mamlakatdagi vaziyat bo‘yicha yo‘llagan murojaatida.
"Biz Amerikaning eng uzoq davom etgan urushiga chek qo‘yish va qo‘shinlarimizni uyga qaytarish uchun ishlamoqdamiz", - deb aytgan u.