G‘arb ekspertlari "G‘arbni xarob qilish"da Putinga kim yordam berayotganini aytishdi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin prinimayet uchastie v torjestvax po sluchayu Dnya VMF RF
Prezident RF V. Putin prinimayet uchastie v torjestvax po sluchayu Dnya VMF RF - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Munxenda bo‘lib o‘tadigan xavfsizlik bo‘yicha anjuman uchun hisobot e’lon qilindi. Tadbir Bavariya poytaxtida 14-fevral kuni boshlanishi rejalashtirilgan

Viktor Maraxovskiy

Bavariya poytaxti Munxen shahrida 14-fevral kuni xavfsizlik bo‘yicha anjuman bo‘lib o‘tadi va unga doir hisobot ham e’lon qilindi. Hisobotda alohida bob Rossiyaga bag‘ishlanganligi sababli, shu narsa ayonki, mamlakatimizda aynan shu bobni katta e’tibor bilan o‘qishlari aniq. Biroq, hisobotning asosiy mavzusi G‘arbdir. To‘g‘rirog‘i, uning yo‘q bo‘lib ketishi - va bunga kim aybdorligi.

Ivan Danilov - Sputnik O‘zbekiston
Amerikaning eng zo‘r odamlari "Putin uchun qanday ishlashgan"

Ushbu savolga javob berishdan oldin, muammoning mohiyati haqida qisqacha to‘xtalsak.

Hisobot "G‘arbsizlik" (Westlessness) deb nomlangan va birinchi marta juda aniqlik bilan Yevropa-Amerika mutaxassislari tomonidan istamay qabul qilingan haqiqatga bag‘ishlangan. Aniqrog‘i - dunyo tobora G‘arbni o‘zidan uzoqlashtirmoqda va surbetlarcha usiz yashayapti. Eng yomoni, G‘arbning o‘zi ham "tobora g‘arbsizlashmoqda". Bularning barchasi juda yomon, chunki bularning barchasi beqarorlik, kutilmaganlik, demokratik qadriyatlardan chekinish va shu singari son-sanoqsiz falokatlarni keltirib chiqaradi.

Doklad mualliflar G‘arbning foydali bombardimonlarisiz qolgan dunyoga motam tutmoqdalar: "Suriyada Asad rejimi va Rossiya kuchlari kasalxonalar va maktablarni ataydan bombardimon qilmoqdalar, harbiy jinoyatlar esa kundalik ishga aylanib bo‘ldi... Yaqinda Xitoy, Eron va Rossiya Hind okeani va Oman ko‘rfazida ilk marotaba qo‘shma dengiz harbiy mashqlarini o‘tkazishdi... Liviyada Turkiya va Rossiya yanada qat’iyat bilan harakat qilishmoqda va O‘rta dengizning qarama-qarshi tomonidagi beqarorlik Yevropaga tobora ko‘proq ta’sir qilmoqda..." Va hokazo.

Parad v Pekine po sluchayu 70-letiya okonchaniya Vtoroy mirovoy voyni - Sputnik O‘zbekiston
"Sharq shamoli": Xitoy eng yangi mintaqalararo ballistik raketani ko‘z-ko‘z qildi

Bularning barchasiga murakkab aforizmlar va beo‘xshov hazillar bilan bezak berilgan. AQSh haqidagi bob esa: "Birlashmasak dosh bera olamizmi?", deb nomlangan bo‘lib, Amerikada mashhur bo‘lgan "Birdamlikda dosh bera olamiz, birlashmasak - qulaymiz " degan shiorga ishora qiladi. Xitoy haqidagi bob: "O‘jar davlat", bizning davlatimiz haqidagi bo‘lim "Putemkin davlati" (ogohlantirganimizdek, hazillar darajasi past), Yevropa haqidagisi - "Yevrovidenie tanlovi", O‘rta yer dengizi mintaqasi haqidagisi esa - "O‘rta yer dahshati" va hokazo deya nomlangan.

Rossiyaga keladigan bo‘lsak, hisobot so‘nggi besh yilda G‘arb ekspertlar hamjamiyati jamoasi miyasida tug‘ilgan konsepsiyadan kelib chiqqan. Qat’iy aytganda, bu konsepsiya umidsizlikdan tug‘ilgan. Chunki, bir tomondan, ekspertlarning hammasi Rossiyaning kuchsiz va ojizligini, uning yangi sanksiyalar tufayli parchalanib ketganligini va u deyarli qulash arafasida turganligini yaxshi bilishgan. Boshqa tomondan esa barcha parchalangan Rossiyaning o‘jarlik bilan nafas olayotganini va hatto rivojlanayotganini, parchalanib ketmayotganini va unda tartibsizliklar boshlanmaganini, u hatto, yo‘q qilinishi belgilangan davlatlarni himoya qilish uchun tirishayotganini - va u bularni xammasini uddalay olayotganini ko‘rdi.

Neftanoy tanker v more - Sputnik O‘zbekiston
Boshqa tanlov yo‘q: AQSh Rossiya neftiga qaramligini tan oldi

Konsepsiyani qandaydir tarzda haqiqatga mos keltirish uchun zudlik bilan murosaga kelish kerak edi. Natijada Rossiyaga yangi qarash vujudga keldi.

2018 yillardan boshlab Rossiya, shubhasiz, juda dahshatli, har biri uni g‘ajishi va qulatishi mumkin bo‘lgan muammolarga ega zaif mamlakat edi. Biroq, bu juda zaif Rossiya rahbarligida o‘ta omadli taktik Putin turardi (u hamisha taktik bo‘lgan, strateg bo‘lmagan hech qachon) – Putin Rossiyasida "qisqa muddatli muvaffaqiyatlarga" erishgani va "vaqtinchalik yaxshi natijalarga ega bo‘lishi" haqidagi iboralar yildan yilga u hisobotdan bunisiga o‘tib kelmoqda). Umumiy aytganda, ayyor taktik Putin vaqti-vaqti bilan aslida mavjud bo‘lmagan g‘alabalar fasadini yaratishning uddasidan chiqmoqda.

Prezident RF V. Putin - Sputnik O‘zbekiston
Putin dunyo xavfsizligiga nima tahdid solayotganini aytdi

2019 yilda ham mana "kuchsiz kartalarni yaxshilab ishga solgan Rossiya bir nechta diplomatik g‘alabalarni qo‘lga kiritdi". Kreml tashqi siyosatida o‘zgarishlar yo‘qligiga qaramay, Rossiyani yana PASEga qabul qilishdi, NATOning a’zosi (ya’ni, Turkiya - tahr.) Rossiyaning S-400larini sotib oldi, Moskva esa o‘zini Yaqin Sharqda nufuzli kuch sifatida namoyon qildi... Ammo eng muhimi, Fransiya prezidenti Makron Rossiyaga xushomadgo‘ylik qilib, Yevropaliklarni "Rossiya bilan munosabatlar asoslarini" qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi.

(Darvoqe, eng kulgilisi, ma’ruza mualliflari Fransiya prezidenti nutqlarini Rossiyaning eng muhim yutuqlari sifatida ko‘rsatishgan. Bunda "dunyo nega G‘arbni siqib chiqarayotganini tushunish mumkin: G‘arb o‘zini tomosha qilayotgan ko‘zgudan hech uzoqlasha olgani yo‘q, bu paytda esa dunyo xira fonda o‘tib bormoqda)

Ammo ko‘zga tashlanayotgan g‘alabalarimiz ortida, albatta, zaif tomonlarimiz yashiringan. Biz ro‘yxatlaymiz:

AQSh NATO sammiti oldidan ittifoqchilarni yo‘qotmoqda - Sputnik O‘zbekiston
AQSh NATO sammiti oldidan ittifoqchilarni yo‘qotmoqda

1) 2019-yilda Moskva sakkiz yil ichida Putinga qarshi eng katta norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi, sentabr oyida Moskva shahar Dumasiga o‘tkazilgan saylovlarda esa kremlparast nomzodlar jiddiy zarba oldi.

2) So‘rovlarga ko‘ra, ketish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgan yoshlar soni ko‘paygan.

3) So‘rovlarga ko‘ra, prezidentga ishonadigan yoshlar soni kamaydi - hozir bu atigi 55 foizni tashkil etadi.

4) Rossiyaning Xitoy bilan hamkorligi "Uzoq Sharqda ta’siri kuchayib borayotgan Xitoy"ni  hisobga olgan holda" aytilsa, teng huquqli emas .

Hammasi shu. Putin rejimining bu dahshatli muammolari Munxen hisobotiga Rossiya haqida G‘arb ommaviy axborot vositalarida bir xil zerikarli sxema asosida yoziladigan maqolalar to‘dasi bilan ko‘chib o‘tgan. Bunda "Rus hayoti" kun tartibi va talqinini "VShE – Moskva Karnegi markazi – navalniy yig‘inlari" uchburchagidagi stipendiatlar belgilaydi. Ular bir vaqtning o‘zida ham axborot tarqatuvchilari, ham ekspertlardir, bosh qaxramonlar rolida ham asosan shular.

Bundestag - Sputnik O‘zbekiston
Germaniyalik siyosatchi NATO SSSRni qanday aldaganini aytib berdi

Yakun - 2020-yil bahori yaqinlashmoqda, Rossiyada hukumat o‘zgarishi ro‘y berdi, milliy loyihalar amalga oshirilmoqda, Konstitutsiyaga tuzatishlar kiritilmoqda - va yuqoridagi uchburchak namoyondalari xanuz o‘tgan yilning avgustida ro‘y bergan Moskvadagi norozilik namoyishlaridagi selfilari haqida tashvishlanmoqda. Va sezilarli charchoq bilan "Xitoy Sibirni bosib olmoqda" degan memni qayta-qayta chop etishmoqda.

...Shunday qilib, Munxen hisobotidagi eng qiziqarli narsa biz haqimizda emas.

Eng qizig‘i, matn mualliflari shikoyat qilayotgan "g‘arbiysizlik" sabablari.

LGBT-parad v Madride - Sputnik O‘zbekiston
G‘arb o‘zining "yangi e’tiqodini" O‘zbekistonda targ‘ib qila oladimi - ekspert javobi

Xullas, G‘arb borligi haqidagi tushuncha ikkiga bo‘lingan. Ba’zi "o‘ng qanot nasroniy populistlari" uchun G‘arb - diniy, madaniy va milliy urf-odatlar uyg‘unligidir. Boshqalar, ya’ni "liberallar" uchun G‘arb - liberal demokratiya tamoyillariga sodiq bo‘lgan barcha narsadir.

O‘ng qanotli populistlarning fikriga ko‘ra G‘arb, go‘yo, chet elliklar, g‘ayridinlar va tubdan farq qiladigan chet el madaniy matritsalarni tashuvchilar tomonidan yo‘q qilinmoqda - va "odamlarni dempingida" boyiyotgan liberal elita ularni olib kirmoqda.

O‘z navbatida, liberallar G‘arb borlig‘icha, aynan vayronagar, noliberal, ksenofob va diniy jaholatparast tashqi dunyoga aylantirmoqchi bo‘lgan o‘ng qanot populistlari tomonidan yo‘q qilinishiga ishonadilar.

Albatta, Putin Rossiyasi ham qo‘lidan kelganicha harakat qilmoqda, ammo u G‘arbdagi yordamchilarisiz hech narsaga erisha olmas edi.

Nimani ta’kidlash joiz: ikkala tomon ham, albatta, haq.

Flagi Rossii, YeS, Fransii i gerb Nissi na naberejnoy Nissi - Sputnik O‘zbekiston
Yevropa aholisi Rossiya va YeI o‘rtasida munosabatlar yaxshilanishini istaydi

G‘arb sivilizatsiya va siyosiy mohiyat sifatida, shubhasiz, asrlar davomida muammolarni hal qilish va dunyoni o‘zgartirishning o‘ziga xos usullarini rivojlantirgan nasroniy milliy madaniyatlarining bir yig‘indisi.

Biroq G‘arb, shubhasiz, u yerda yaratilgan liberal mafkura, aksariyat elita tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan va bu elitalarga o‘nlab yillar davomida ishonchli vosita sifatida xizmat qilgan.

Ha, endi G‘arbning bu ikki mos tarkibiy qismi ziddiyatga duch keldi. Chunki shaxsni birinchi o‘ringa qo‘yadigan liberalizm dinni, urf-odatlarni va hatto ko‘pchilik xohishi bilan shaxsni bostiradigan oddiy demokratiyani bo‘g‘ib qo‘yishga doim shay. An’analar va demokratiya esa ozchilikka siyosiy imtiyozlar beradigan liberalizmni bo‘g‘ib qo‘yishga harakat qilmasdan qolmaydi.

Ammo bu yerda ajablantiradigan narsa shundaki, qarama-qarshi tomonlar o‘zlarining raqiblariga e’tibor berishni va: "Ha, bu ham biz, bu ham G‘arb " deb tan olishni xohlamaydilar. Aksincha – tafovut qanchalik uzoqlashsa, shunchalik g‘azab bilan ular bir-birlarini Britaniya bayrog‘i kabi yirtishga harakat qilishmoqda. Garchi bu ularni faqat zaiflashtirishi aniq bo‘lsa-da.

Shunday qilib, ikkala tomonga ham faqat muvaffaqiyat tilash qolyapti. G‘alati tuyilsa ham, "G‘arbsiz dunyo" endilikda G‘arb hozir bo‘lgan va faol bo‘layotgan joydan ko‘ra qonsizroq va xavfsizroq joy.

Yangiliklar lentasi
0