Koronavirus erkaklar uchun xavfliroq bo‘lishi mumkin — olimlar tadqiqoti

© REUTERS / CDCSvetnoe izobrajenie koronavirusa
Svetnoe izobrajenie koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Erkaklar orasida koronavirusga chalinish ehtimoli ayollarga nisbatan ancha yuqori ekan. Olimlar buning sabablarini turlicha izohlashmoqda

TOShKENT, 13 fev — Sputnik. Rossiyalik virusologlar yangi turdagi koronavirus ayollarga nisbatan erkaklar uchun xavfliroqdir degan fikrga keldilar, deb xabar qilmoqda "Izvestiya" nashri.

Situatsiya v Gonkonge v svazi s koronavirusom - Sputnik O‘zbekiston
Xubeyda koronavirus yuqtirganlar soni bir sutkada keskin oshdi

Mutaxassislar fikricha, infeksiya qurbonlari orasida kuchli jins vakillarini ko‘pligi ikkita sabab bilan izohlanadi: erkaklar orasida chekishga ruju qo‘yish holati ko‘p uchraydi, shu bois, virus ularning o‘pkalarida jadallik bilan pnevmoniyaga aylanadi. Kasallikning og‘ir kechishiga ularda shunga genetik moyillik mavjudligi bilan ham izohlanishi mumkin.

Xitoy milliy sog‘liqni saqlash komissiyasi fevral oyi boshida mamlakat kasalxonalarida birinchi vafot etgan 425 bemorning jinsi va yoshini tahlil qilib chiqqan edi.

RUDN Tibbiyot institutining yuqumli kasalliklar kafedrasi mudiri Galina Kojevnikovaning ta’kidlashicha, virusli infeksiyalar qurbonlari orasida erkaklar soni ko‘p bo‘lgan holatlar fanga ma’lum. Shunday kasalliklardan biri — Kaposha sarkomasi - VIII turdagi virus tufayli yumshoq to‘qimalarning shikastlanishidir. Ammo koronavirus bilan bog‘liq holatda bu xulosa jiddiy ilmiy asosni talab etadi va aytilayotganlarning barchasi gipoteza, xolos.

Lechenie patsiyentov v sentralnoy bolnitse goroda Uxan - Sputnik O‘zbekiston
Ilk bor koronavirus yuqqan o‘pkaning surati ko‘rsatildi - foto

Rossiyaning yetakchi virusologlari Uxanda tahlil qilingan o‘limlarning aksariyati erkaklar xissasiga to‘g‘ri kelishiga boshqa bir izoh keltirmoqdalar. Avvalo, buni Xitoyda erkaklarning ayollarga nisbatan ijtimoiy faol ekanliklari bilan bog‘lash mumkin. Misol uchun, ular bir-birlari bilan ko‘proq muloqot qiladilar, ko‘proq qo‘l siqib ko‘rishadilar.

Ammo patogenning jins tanlashini ijtimoiy aloqalarga bog‘lab bo‘lmaydi, deb yozadi nashr. Ammo bu yerda qator sabablar tufayli erkaklarning umr davomiyligi ayollarnikidan ancha past singari faktni ham e’tibordan qochirmaslik lozim. Bu ko‘rsatkich erkaklarda 67,5, ayollarda 77,6 yoshni tashkil etadi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, XXRda koronavirusga chalinganlar soni 48 mingdan oshgan, ularning 1310 nafari vafot etgan, kasalxonalardan 3441 kishiga javob berilgan.

Yangiliklar lentasi
0