TOSHKENT, 2 fev — Sputnik. Koronavirus 2019-nCoV yuqqan bemor oʻpkalarining surati eʼlon qilindi. Xitoylik shifokorlar ushbu suratlarni olishgan.
“Radiology” jurnalida chop etilgan suratlar kompyuter tomografiyasi natijasida Xitoyning Lanchjou shahrida 39 daraja harorat bilan shifoxonaga yotqizilgan 33 yoshli ayoldan olingan.
Birinchi suratda “jilosiz oyna” taassuroti tugʻdiruvchi xiralashishlar koʻrsatilgan. Uch kun oʻtib olingan ikkinchi suratda zararlangan soha kengayganini koʻrish mumkin.
Koronavirusning aniq rangli surati namoyish qilindi – fotofakt
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston fuqarolarini Xitoydan 4 va 5 fevral kunlari olib kelishni rejalashtirayotgani xabar qilingan edi.