Xubeyda koronavirus yuqtirganlar soni bir sutkada keskin oshdi

© Sputnik / Migel Kandela / Mediabankka o‘tishSituatsiya v Gonkonge v svazi s koronavirusom
Situatsiya v Gonkonge v svazi s koronavirusom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tgan bir sutkada Xubeyda koronavirus yuqtirgan va undan vafot etganlar soni keskin oshdi - Xitoy Milliy sog‘liqni saqlash komissiyasi.

TOShKENT, 13 fev – Sputnik. Xitoyning Xubey provinsiyasida bir sutkada koronavirus yuqtirganlar soni 14840 kishini, ushbu virusdan vafot etganlar soni esa 242 kishini tashkil qildi. Bu haqida hududiy sog‘liqni saqlash bo‘linmasi xabar qilmoqda.

“Xubey provinsiyasida 2020-yil 12-fevral kuni soat 02:00 dan soat 24:00 orasida 14 840 kishida koronavirus pnevmoniyasi aniqlangan. Shundan 13436 tasi Uxanda”, - deyilgan rasmiy xabarda.  

Shunday qilib, ayni damda Xubeyda koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 48 206 kishiga yetgan.  

Xitoy Milliy sog‘liqni saqlash komissiyasi koronavirusni aniqlashning va davolashning yangi uslubini ishlab chiqqanini xabar qilmoqda. Ushbu uslubga ko‘ra, oldin koronavirus gumon qilingan kishilarda ushbu kasallikning aniq tashhisini qo‘yish imkoni paydo bo‘ldi.

Koronavirus qurboni bo‘lmaslik uchun tavsiyalar - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus yuqtirmaslik bo‘yicha muhim tavsiyalar

Tashhis qo‘yilganidan so‘ng, bemor “koronavirus klinik tasdiqlangan” maqomiga ega bo‘ladi va  belgilangan standart bo‘yicha davolanadi.

Xubey provinsiyasida bugungi kunga qadar koronavirusdan tuzalib ketganlar soni 3441 kishini tashkil etgan. Davolanayotganlar soni 33 693 kishini tashkil qilmoqda. Ulardan 5647 nafari nostabil ahvolda 1437 nafari - og‘ir ahvolda. Bemorlarning barchasi izolyatsiya qilingan holda davolanmoqda, - deyilgan Xitoy Milliy sog‘liqni saqlash komissiyasi  xabarida.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda koronavirus  dunyoning 25ta mamlkatida tarqalgan. Koronavirus havo-tomchi yoki bevosita kontakt orqali yuqishi mumkin. 

Yangiliklar lentasi
0