Rossiya obligatsiyalariga talab 5 baravar oshib ketdi - bu yangi rekord

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishDenejnie kupuri i moneti Rossii
Denejnie kupuri i moneti Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya davlat qarzi investorlar uchun bunchalik qiziq bo‘lishiga bir necha sabablar bor: to‘g‘ri pul-kredit siyosati, inflyatsiya miqdori pastligi, Rossiya banki tomonidan qayta moliyalash stavkasining tushirilishi.

TOShKENT, 4 fev - Sputnik, Natalya Dembinskaya. So‘nggi kunlarda Rossiya Federal zaym obligatsiyalariga bo‘lgan talab yangi rekordni o‘rnatdi, RIA Novosti xabariga asosan.

So‘nggi ikki kim oshdi savdosida 244,5 milliard rubllik takliflar qabul qilindi, bu o‘tgan yilning may oyida qayd qilingan maksimal darajadan 18,6 milliardga ko‘p. 

Kechiktirilgan talab va yaxshi daromadlilik

23 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan kim oshdi savdosi misli ko‘rilmagan natija bilan yakunlandi. Moliya vazirligi muddati besh yil bo‘lgan, yillik o‘rtacha daromadliligi 5,97 %ni tashkil qiladigan Federal zaym obligatsiyalarni 58,4 milliard rublga sotdi. Bundan tashqari, deyarli 58 milliardning hammasi  bitta investorga sotildi.

Zolotie slitki - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya aholisiga dollar o‘rniga oltin taklif qilindi

"Yirik xaridor, bozor operatorlarining ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar oyidagi joylashishlardan birida OFZlarning butun hajmini sotib olgan. Uning rossiyalik yoki xorijiy ekanligi noma’lum", - deydi "Fridom Financ" IKning Rossiya fond bozorida savdo operatsiyalari bo‘limi tahlilchisi Aleksandr Osin.

29 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi kim oshdi savdosida Moliya vazirligi 2024-yil aprelda so‘ndiriladigan 36,144 milliard rubllik muddatli qimmatli qog‘ozlarni taklif qildi. Talab taklifdan qariyb besh baravar oshdi va 171,603 milliardga yetdi.

Xuddi shu kuni o‘tkazilgan ikkinchi kim oshdi savdosi investorlarning ishtahasini qondira olmadi: yetti yillik 26226 raqamli OFZga bo‘lgan talab 26,5 milliard taklif bilan 72,3 milliardni tashkil etdi.

Rosbankning ma’lumotlariga ko‘ra, sarmoyadorlar 57 ta taklif berishdi, ammo OFZ ning uchdan bir qismi olti va sakkiz milliardga "ulkan buyurtmalarni" taqdim etgan ikkita yirik xaridorga ketdi.

Tahlilchilar bunday shov-shuvni tabiiy deb bilishadi va kechiktirilgan talabning ta’siri bilan tushuntirishmoqda. Gap shundaki, o‘tgan yilning oxirida Moliya vazirligi qarzli qimmatli qog‘ozlarni joylashtirishni keskin cheklab qo‘ydi.

Zoloto - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya, Xitoy, Hindiston nega tinimsiz oltin sotib olmoqda?

"Sarmoyadorlarni Yevropa va Amerika davlat obligatsiyalari ta’minlay berolmaganidan farqli o‘laroq OFZ-larning yuqori daromadliligi qiziqtiradi", dedi "Ivolga Kapital" IKning qarz bozori bo‘yicha tahlilchisi Ilya Grigoryev.

Masalan, AQShning o‘n yillik obligatsiyalari bo‘yicha daromadlilik atigi ikki foizni tashkil etadi, Germaniyada stavkalar umuman salbiy, OFZlar esa yiliga 6,5-7 foizni beradi. "

Narxlarni pasayishini kutishmoqda

Rossiya aktivlariga ortgan qiziqish ketma-ket beshinchi bor - Rossiya Banki tomonidan asosiy stavkasini pasaytirgandan so‘ng paydo bo‘ldi. Shundan so‘ng, depozit stavkalari pasayib, omonatchilar yanada foydali moliyaviy vositalardan foydalanish uchun banklardan pullarini qaytarib olishni boshladilar.

Inflyatsiyaning kuchli pasayishi (yanvar oyining oxiriga kelib, yiliga atigi 2,5%) tufayli, investorlar Markaziy bank yana stavkalarni pasaytirishini kutmoqdalar va kupon to‘lovlari kamaytirilgunga qadar OFZlarni sotib olishga shoshilishmoqda.

Inostranniy grajdanin razgovarivayet s sotrudnikom sentra, poluchaya trudovoy patent - Sputnik O‘zbekiston
Migrantlar patenti Moskva budjetiga qancha daromad keltirgani ma’lum qilindi

"Natijada talab yanada o‘sdi. OFZni asosan mahalliy sarmoyadorlar sotib olishmoqda - savdoning uchdan ikki qismi rezidentlar tomonidan amalga oshirilmoqda, ammo chet elliklar ham Rossiya qimmatli qog‘ozlariga katta qiziqish bildirmoqdalar", deydi Narek Avakan, "BKS Broker" investitsion g‘oyalar bo‘limi rahbari.

Ilya Grigoryevning so‘zlariga ko‘ra, 2020-yilda pul-kredit siyosatining yengillashtirilishi sababli, OFZ-larga talab barqaror bo‘ladi: investorlar o‘z omonatlarini saqlab qolishga harakat qilishadi. Moliya vazirligi bundan foydalanishni rejalashtirmoqda va yilning dastlabki uch oyida 600 milliard rubl miqdoridagi federal obligatsiyalarni kim oshdi savdosiga qo‘ymoqchi.

"Dekabr va yanvar oylarida inflyatsiyaning sezilarli darajada pasayishiga qaramay, investitsiya xavfi ortib borayotgan bir paytda, Rossiya Banki stavkalarni hozirgi 6.25% darajasida ushlab turishi va dekabr oyining ikkinchi yarmidagi kabi OFZ daromadlilik darajasi 5.6% dan past bo‘lmasligi mumkin", deya qo‘shimcha qiladi, Aleksandr Osin "Fridom Finans" IK xodimi.

Biroq, tahlilchilar ogohlantirganidek, hozirgi hukumat qarz stavkalari spekulyativ jozibadorligini boshqa tarafi ham bor. Xozirda OFZ bozorida chet el investorlari soni katta - 31,5%.

"Bunday spekulyativ kapitalning xavfi shundan iboratki, vaziyat biroz o‘zgarishi bilan investorlar rubl aktivlaridan keskin chiqib ketishlari mumkin, bu esa bozordagi rubl massasining haddan tashqari ko‘payishiga olib keladi va milliy valyuta kursiga salbiy ta’sir qiladi", - deydi "Univer Kapital" IKning bosh strategi Dmitriy Aleksandrov.

Yangiliklar lentasi
0