Lukashenko koronavirusdan himoyalanish sirini aytdi

© Sputnik/Viktor TolochkoAleksandr Lukashenko na otkritii "Slavanskogo bazara" v Vitebske
Aleksandr Lukashenko na otkritii Slavanskogo bazara v Vitebske - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident so‘zlariga ko‘ra, xavfli virusni yuqtirib olmaslik uchun ko‘chada begona kishilar bilan kamroq quchoqlashish hamda tez-tez qo‘l yuvish lozim.

TOShKENT, 4 fev - Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko seshanba kuni Dobrushaga safari chog‘ida odamlarga koronavirusdan qay tarzda saqlanish borasida maslahat berdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Belarus.

Meditsinskie rabotniki v zashitnix kostumax podnimayut izolirovannogo patsiyenta iz mashini skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus tufayli o‘lim darajasi ma’lum bo‘ldi

Davlat rahbari belaruslarning bu borada havotir olishlariga sabab borligini inkor etmadi.

"Biz havotir olishimiz kerak. Bir narsaga qat’iy amal qiling - qo‘lni ko‘proq yuving, ko‘chada notanish odamlar bilan kamroq kuchoqlashing. Qolgani - Sog‘liqni saqlash vazirligi zimmasida. Agar chang ko‘tarmayotgan bo‘lsak, biz bu masala bilan shug‘ullanmayapmiz, degani emas", - degan Lukashenko. Prezident so‘zlaridan BelTA iqtibos keltirgan.

Lukashenko koronavirus xavfliligini ta’kidladi, biroq ushbu muammodan ham ko‘plab kompaniyalar o‘z maqsadida foydalanib, boyiyotganini qo‘shimcha qildi.

"Shovqin solish kerak emas, shunchaki jimgina ishlash lozim", - deya ta’kidladi u.

Meditsinskaya sestra proverayet kapelnitsu. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston fuqarolari koronavirus gumoni bilan aeroportdan kasalxonaga olib ketildi

Belarus rahbari, vaziyat murakkabligiga qaramay, boshqa mamlakatlar Xitoyni chetlashtirishi kerak emasligini qayd etdi.

Yangi virus

Dekabr yakunida Xitoy hukumati Xubey provinsiyasi markazi bo‘lgan Uxan shahrida noma’lum pnevmoniya tarqalishi haqida xabar qilingandi. Keyinchalik, kasallik qo‘zg‘atuvchisi koronavirus 2019-nCoV ekani aniqlandi.

Xitoyda yangi tipdagi koronavirus bilan kasallangan bemorlar soni 20 ming kishidan oshdi, kasallanganlarning 425 nafari vafot etdi. Xitoydan tashqari xorijiy davlatlarda qariyib 150 kishi bu virusni yuqtirdi, ulardan bir kishi vafot etdi.   

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti yangi tipdagi koronavirusning avj olishini xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan favqulodda holat, deb tan oldi.

Yangiliklar lentasi
0