TOShKENT, 4 fev - Sputnik. Yekaterinburg shahridagi O‘zbekiston Bosh konsulxonasi 3 nafar O‘zbekiston fuqarolarining koronavirus gumoni bilan kasalxonaga yotqizilgani to‘g‘risida OAV xabarini tasdiqladi, deb xabar qilmoqda TIV matbuot-xizmati.
"Novosibirsk-Tumen aviareysida uchgan Xitoy fuqarosida koronavirus aniqlanganidan so‘ng ushbu reysning barcha yo‘lovchilari hamurtlarimiz bilan kasalxonalarga joylashtirilgan", - deyiladi xabarda.
Bosh konsulxona o‘zbekistonliklar joylashtirilgan tibbiyot muassasasi bilan aloqa o‘rnatdi. Shifokorlar bergan ma’lumotga ko‘ra O‘zbekiston fuqarolarining ahvoli qoniqarli va koronavirus simptomlari kuzatilmayapti.
Ularning analizlari Tumen va Novosibirsk tibbiyot muassasalariga yuborilgan, u yerda puxta o‘rganilganidan so‘ng tibbiy xulosa beriladi.
Konsullik-huquqiy departamenti Rossiyaning Ural federal okrugi (Kurgan viloyati, Sverdlovsk viloyati, Tumen viloyati, Chelyabinsk viloyati, Xanti-Mansiysk avtonom okrugi – Yugra, Yamal-Nenetsk avtonom okrugi) hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur holatlarda mamlakatimizning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi: +7 343 276 31 66, +7 343 272 31 33.