Koronavirus tufayli o‘lim darajasi ma’lum bo‘ldi

© REUTERS / STRINGERMeditsinskie rabotniki v zashitnix kostumax podnimayut izolirovannogo patsiyenta iz mashini skoroy pomoshi
Meditsinskie rabotniki v zashitnix kostumax podnimayut izolirovannogo patsiyenta iz mashini skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirgi vaqtda Pekin virus tarqalishini oldini olish va profilaktika bo‘yicha barcha zarur choralarni ko‘rmoqda.

TOShKENT, 4 fev – Sputnik. Xitoyda o‘lim darajasining ulushi 2,1 foizni tashkil qilmoqda, bu TORS atipik pnevmoniya (TORS) bilan og‘rigan bemorlar o‘limi sonidan ancha past. Bu haqda XXR TIV vakili Xua Chunin ma’lum qildi. RT xabariga asosan.

Vspishka pnevmonii neizvestnogo proisxojdeniya. Predvaritelno ustanovleno, chto vozbuditelem zabolevaniya stal noviy tip koronavirusa — 2019-nCoV - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirusni pul va uyali telefon orqali yuqtirish mumkin – olimlar

“Koronavirus infeksiyasining yangi holatlari ko‘payib borayotganiga qaramay, Xitoyda o‘lim darajasi juda past - atigi atipik deb nomlanuvchi Ebola, og‘ir o‘tkir respirator sindrom (TORS yoki SARS) va Yaqin Sharqdagi nafas olish sindromi (MERS) kabi kasalliklardan kuzatilgan o‘lim darajasidan past - atigi 2,1%)”, - deyilgan xabarda.

TIV vakili Pekin virus tarqalishini oldini olish bo‘yicha barcha zarur choralar amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

Dekabr yakunida Xitoy hukumati Xubey provinsiyasi markazi bo‘lgan Uxan shahrida noma’lum pnevmoniya tarqalishi haqida xabar qilingandi. Keyinchalik, kasallik qo‘zg‘atuvchisi koronavirus 2019-nCoV ekani aniqlandi.

Xitoyda yangi tipdagi koronavirus bilan kasallangan bemorlar soni 20 ming kishidan oshdi, kasallanganlarning 425 nafari vafot etdi. Xitoydan tashqari boshqa xorijiy davlatlarda ham bemorlar aniqlandi. Ma’lum bo‘lishicha, 150 kishi bu virusni yuqtirdi, ulardan bir kishi vafot etdi.   

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti yangi tipdagi koronavirusning avj olishini xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan favqulodda holat, deb tan oldi.

Yangiliklar lentasi
0