Prezident koronavirus bo‘yicha farmoyish imzoladi

© REUTERS/Lim Huey TengVspishka pnevmonii neizvestnogo proisxojdeniya. Predvaritelno ustanovleno, chto vozbuditelem zabolevaniya stal noviy tip koronavirusa — 2019-nCoV
Vspishka pnevmonii neizvestnogo proisxojdeniya. Predvaritelno ustanovleno, chto vozbuditelem zabolevaniya stal noviy tip koronavirusa — 2019-nCoV - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha prezident farmoyishi qabul qilindi.

TOShKENT, 1 fev — Sputnik. O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha prezident farmoyishi qabul qilindi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar qildi. 

Vliyanie koronavirusa na mirovuyu ekonomiku - Sputnik O‘zbekiston
Xitoy xavfli virusi jahon iqtisodiyotini "zaharladi"

Joriy yil 28-yanvar kuni Vazirlar Mahkamasida bosh vazir boshchiligida Epidemiyaga qarshi kurash favqulodda komissiyasining yig‘ilishi o‘tkazilgan. Unda koronavirusning oldini olish bo‘yicha amalga oshiralayotgan ishlar muhokama qilinib, qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilangan.

Shuningdek, 29-yanvar kuni “O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasini tashkil etish to‘g‘risida”gi prezident farmoyishi qabul qilingan.  

Bundan tashqari, xabarda joriy yilning 31-yanvar kuni I.Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroport orqali 38 ta xorijdan samolyot uchib kelganligi aytilmoqda. 

Ushbu 4194 nafar fuqarolar sanitariya-karantin punktlarida termometriyadan o‘tkazilgan, ulardan 84 nafari Xitoyda o‘qiydigan talabalar bo‘lgan.

Vspishka pnevmonii neizvestnogo proisxojdeniya. Predvaritelno ustanovleno, chto vozbuditelem zabolevaniya stal noviy tip koronavirusa — 2019-nCoV - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirusni pul va uyali telefon orqali yuqtirish mumkin – olimlar

Termometriyadan o‘tkazilgan fuqarolar orasida 1 nafar Rossiyadan uchib kelgan fuqaroda tana haroratining yuqoriligi aniqlangan. Ammo shifokorlar tomonidan  surishtiruv o‘tkazilganda bemorning koronavirus kasalligida gumon qilingan yoki kasallangan bemorlar bilan muloqotda bo‘lmaganligi aniqlangan.

Bugungacha agentlikning virusologiya laboratoriyasiga koronavirusga tekshirish uchun 21 nafar fuqarodan namunalar olib kelingan. Namunalar orasida koronavirus kasalligining virusi topilmagan.

Xabarda yana bugunga  qadar respublika fuqarolari orasida koronavirus infeksiyasi qayd etilmagani keltirilgan.

Yangiliklar lentasi
0