Karantin tufayli ko‘plab davlatlar Xitoy bilan chegarani yopib, savdo va ishlab chiqarish obyektlari uchun butlovchi qismlar yetkazib berish to‘xtadi. Xitoydagi holat birja savdolariga ham ta’sir qildi.
Texnologiya sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan yirik gigant-korxonalar iqtisodiy zarar ko‘rishni boshladi.
Epidemiya markazi bo‘lgan Uxan shahrida eng og‘ir vaziyat. Shahar aholisi uyda o‘tirishga majbur, faqat oziq-ovqat do‘konlari ishlamoqda.
Yaqin atrofdagi ko‘plab davlatlar ehtiyot choralarini ko‘rishmoqda.
Xavfli virusning global iqtisodiyotga ta’siri haqida Sputnik videosida tomosha qiling.