O‘zbekiston IIV rahbari tizim obro‘siga putur yetkazayotgan kadrlardan tashvishda

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaGlava MVD Uzbekistana Pulat Babadjanov
Glava MVD Uzbekistana Pulat Babadjanov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bobojonov so‘zlariga ko‘ra, bu holatlarning barchasi yosh xodimlarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadigan, ularga kasb sirlarini o‘rgatadigan murabbiylar instituti faoliyati kutilgan natijani bermayotganiga ishora qilmoqda.

TOShKENT, 30 yanv - Sputnik. Tizimda ko‘plab o‘tkaziladigan ma’naviy-madaniy tadbirlarga qaramasdan, yosh xodimlar tomonidan mehnat intizomi va qonunchilikni buzish holatlari qayd etilmoqda, deb bayonot qildi IIV rahbari general-leytenant Po‘lat Bobojonov.

Ministr vnutrennix del Uzbekistana Pulat Bobojonov provel vstrechu s molodimi sotrudnikami  - Sputnik O‘zbekiston
Eng ilg‘or va yosh IIV xodimlari haqida kitob chop etish taklif etildi

IIV rahbariga ko‘ra, o‘tgan yili 2351 nafar yosh xodimlar xizmat intizomini buzgan bo‘lib, bu jami xizmat intizomi buzilishi holatlarining 33 %ni tashkil etgan.

"Ularning 70 nafari xizmat vaqtida spirtli ichimlik iste’mol qilgan, 46 nafari odamlar bilan qo‘pol muomalada bo‘lgan, 100 nafari xizmat joyini sabablarsiz tashlab ketgan. 31 nafari xizmat kiyimini kiyish qoidalarini buzgan va 142 nafari fuqarolarning murojaatini ko‘rib chiqish muddatini buzgan", - dedi Bobojonov va yosh xodimlar orasida xizmat intizomi buzilishi sabablarini batafsil ko‘rib chiqish lozimligini qo‘shimcha qildi.

Ichki ishlar organlari asosiy vazifalaridan biri yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni jilovlash bo‘lishiga qaramay, 2019 yilda 46 nafar yosh xodimlarning o‘zlari jinoyatga qo‘l urgan.

Ushbu jinoyatlarning asosiy qismini yo‘l-transport hodisalari, xizmat vakolati doirasidan chetga chiqish hamda poraxo‘rlik kabi  jinoyatlar tashkil etgan. Ularning aksariyati Toshkent shahar (8), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (5), Farg‘ona (5) Toshkent va Andijon viloyatlari (4 nafardan)ga to‘g‘ri kelgan.

Glava MVD obyasnil otmenu trebovaniya yezdi s vklyuchennimi farami - Sputnik O‘zbekiston
Po‘lat Bobojonov IIV tizimida qanday yoshlar rahbar bo‘lishlari mumkinligi haqida

"Jinoyat sodir etayotgan va poraxo‘rlik qilayotgan nopok xodimlar tizim obro‘siga putur yetkazmoqda", - deb bayonot qildi IIV rahbari.

Bobojonov so‘zlariga ko‘ra, bu holatlarning barchasi yosh xodimlarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadigan, ularga kasb sirlarini o‘rgatadigan murabbiylar instituti faoliyati kutilgan natijani bermayotganiga ishora qilmoqda.

Xususan, ayrim hududlarda murabbiylar o‘zlariga belgilangan ustama haqini ololmayotgani, murabbiylar mas’uliyati, javobgarligi to‘g‘risida hech kim hisobot so‘ramayotgani tizim ishlamayotgani sabablari sifatida ko‘rsatildi.

Xususan, 2019-yilda 201 nafar yosh xodimlar (shulardan 107 nafari shaxsiy iltimosiga ko‘ra, 94 nafari turli salbiy sabablarga ko‘ra xizmatdan bo‘shatilgan. Lekin murabbiylarning mas’uliyati yoki javobgarligi hal qilinmagan. Bo‘shatilganlarning aksariyati oliy ma’lumotli bo‘lgan, IIV akademiyasini tugatgan.

Yangiliklar lentasi
0