Po‘lat Bobojonov IIV tizimida qanday yoshlar rahbar bo‘lishlari mumkinligi haqida

© YouTubeGlava MVD obyasnil otmenu trebovaniya yezdi s vklyuchennimi farami
Glava MVD obyasnil otmenu trebovaniya yezdi s vklyuchennimi farami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov istiqbolli kadrlar zaxirasini shakllantirishda shaffof tizimni yo‘lga qo‘yish zarur ekanligini aytmoqda.

TOShKENT, 30 yanv - Sputnik. O‘zbekiston IIV tizimida kelgusida yosh xodimlar o‘z bilimi, fikrlash qobiliyati, tashabbuskorligi, jangovar va jismoniy tayyorgarligi natijalariga qarab, rahbarlik lavozimiga tayinlanishlari mumkin. Bu haqda 29-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda O‘zbekiston IIV rahbari Po‘lat Bobojonov ma’lum qildi.

Flagi Uzbekistana i Rossii - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston IIV kadrlar tayyorlashda Rossiya bilan hamkorlik qilmoqda

"Yosh xodimlar bu ichki ishlar organlarining yuzi, obro‘si va ijobiy imidjini yuksaltirishdagi eng asosiy kuchdir. Shuning uchun ham tizimda yosh kadrlar zaxirasini shakllantirish muhim vazifa hisoblanadi. Shundan kelib chiqib yosh xodimlar orasidan dunyoqarashi keng, murakkab vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qila oladigan, mas’uliyatni his etadigan yoshlarni biz saralab olishimiz kerak", - deb ta’kidladi vazir.

Bobojonov shu o‘rinda joylarda rahbarlar bu boradagi ishlarni to‘g‘ri tashkil etolmayotganini tanqid qildi.

Keltirilgan raqamlarga ko‘ra, o‘tgan yili tizimdagi kadrlar zaxirasiga 145 nafar istiqbolli yosh kadrlardan 44 nafarigina yuqori lavozimga tayinlangan.

"Bu albatta biz kutgan raqamlar emas, bu borada Jizzax, Buxoro, Namangan, Samarqand, Navoiy viloyatlari va Toshkent shahrida 4 nafardan 8 nafargacha yosh xodimlar rahbarlik lavozimlariga tayinlangan bo‘lsa, Farg‘ona va Toshkent viloyatida yosh kadrlar zaxirasi umuman shakllantirilmagan. Sirdaryo viloyatida esa 57 nafar yosh zaxiraga olingan bo‘lsada, ularning birontasi ham rahbarlik lavozimiga tayinlanmagan", - dedi general-leytenant.

Bobojonov istiqbolli kadrlar zaxirasini shakllantirishda shaffof tizimni yo‘lga qo‘yish zarur ekanligini qayd etdi.

Yangiliklar lentasi
0