Malayziya samolyotini urib tushirgan raketa Ukrainaga tegishli - Rossiya MV

© Sputnik / Vladimir TrefilovZavodskoy nomer raketi "Buk"
Zavodskoy nomer raketi Buk  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Mudofaa vazirligi 2014-yilda Donbass osmonida boing samolyotini urib tushirgan raketaning zavod raqamini e’lon qildi.

TOShKENT, 17 sen – Sputnik. Rossiya Mudofaa vazirligi bir necha daqiqa oldin Moskvada yakunlangan brifingda 2014-yilda Ukrainaning Donbass o‘lkasi osmonida urib tushirilgan malayziyaning Boing samolyoti haqida qo‘shimcha ma’lumotlarni taqdim etdi.

“Malayziya havo yo‘llarining MN-217sonli reysini urib tushirishda foydalanilgan raketa Ukraina harbiy kuchlariga tegishli va Rossiyaga qaytarilmagan”, - deyishdi Rossiya Mudofaa vazirligi vakillari.

Eslatib o‘tamiz, 2014-yilning 17-iyul kuni Malaysia Airlines kompaniyasining Amsterdamdan Kuala-Lumpurga yo‘l olgan havo kemasi Donbass osmonida urib tushirilgan edi. O‘shanda fojeada samolyot borida bo‘lgan 283 nafar yo‘lovchilarning barchasi hamda 15 nafar ekipaj a’zolari qurbon bo‘lgan edi.

Press-konferensiya Aleksandra Zaxarchenko v Doneske - Sputnik O‘zbekiston
"Siyosiy terror": Donesk rahbari Aleksandr Zaxarchenko o‘ldirildi

Keyinchalik o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida ushbu yo‘lovchi samolyoti yer-osmon turkumiga kiruvchi “Buk” raketasi yordamida urib tushirilgani aniqlangan. Ushbu raketalar ishlab chiqaruvchischi bo‘lgan Rossiyaning “Almaz-Antey” konserni o‘z tekshiruvini o‘tkazgan. 

Unga ko‘ra fojea joyida topilgan raketa dvigateli va soplosining zavod raqamlariga asosan samolyotni urib tushirishda foydalanilgan raketa nomera aniqlangan. U 1986-yilda ishlab chiqarilgan va Ukraina harbiy qismlariga jo‘natib yuborilgan raketa ekanligi aniqlangan. Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra shundan so‘ng raketa Rossiyaga qaytarilmagan.

 

Yangiliklar lentasi
0