Raqamli iqtisod nima  – Jamshid Qo‘chqorov javob beradi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov raqamli iqtisodiyot nimaligini va undan nimalar kutilayotganini batafsil tushuntirib berdi.

TOShKENT, 27 yanv - Sputnik. Raqamli iqtisod bu nima, jaydari qilib tushuntirib bering, degan savolga O‘zbekiston moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov quyidagicha javob berdi. Sputnik muxbiri xabariga asosan.

Jamshid Kuchkarov - Ministr finansov - Sputnik O‘zbekiston
Jamshid Qo‘chqorov yilniing eng yaxshi moliya vaziri bo‘ldi

Raqamli iqtisod – bu bugungi kunda jahon iqtisodining drayveri, rivojlanish belgilaridan biri.

Raqamli iqtisod - zamonaviy milliy iqtisodlarning qiyofasini o‘zgartirib, ularning samaradorligini va shaffofligini oshirmoqda.

Oddiy misol, raqamli iqtisodda pensiya rasmiylashtirish uchun bitta pasportning o‘zi kifoya bo‘ladi. Bu haqida prezidentimiz ham o‘z murojaatnomasida aytib o‘tdi. Fuqaro tuman yoki shahar pensiya fondiga murojaat qiladi va ular arxivdan u qayerda ishlagan, qancha oyliy olgani haqida barcha ma’lumotlarni oladi. Oddiy fuqarolar uchun bu - qulaylik degani.

Xufiyona iqtisodga qarshi kurash

Yana bir misol – xufiyona iqtisodiyot. Turli baholarga ko‘ra O‘zbekiston umumiy iqtisodida xufiyoni iqtisodiyot miqdori 45 %gacha bo‘lishi mumkin.

Zamestitel premyer-ministra Uzbekistana Jamshid Kuchkorov - Sputnik O‘zbekiston
Jamshid Qo‘chqorov: o‘zbek kompaniyalari ham xalqaro moliya bozoriga chiqishini xohlaymiz

Raqamli iqtisod bu muammoni ham hal qilishi mumkin. Bu yulda birinchi qadam allaqachon qo‘yildi – bu soliq reformasi. Bu amalga oshdi. Ikkinchisi – qo‘shilgan qiymat solig‘i uchun elektron schet fakturalar yuritish tartibini kiritish. Biz hozir shu ishni amalga oshirayapmiz.

Bu tizim ishga tushganidan keyin, har bir soliqchi soliq tizimi saytiga o‘zining shaxsiy kabinetiga kirib o‘z soliqlarin ko‘rsatib boradi. Biz shu asosda har bir tovarning ishlab chiqarilganidan boshlab to xaridorga yetib borgunicha kuzatib boramiz. Yo‘lda bu tovar yo‘q bo‘lib ketmasligi kerak.

Mehnat samaradorligini oshiradi  

Lekin raqamli iqtisodning asosiy vazifasi - iqtisodiyotning samardorlgini oshirishdadir. Har bir davlatning vau uning rahbarining vazifasi – inson kapitalini qiymatini oshirish. Har bir odamni malakasi oshirilsa – uning mehnati kimmatrok turadi, u ko‘proq maosh oladi.

Mantiqiy ketma-ketlikning davomi  

Bugungi kunda O‘zbekiston bozor iqtisodidoti tizimini joriy qilish yo‘lidan bormoqd. Ma’lumki bozor iqtisodiyotini dunyoning 200ta davlati qabul qilgan. Lekin bozor iqtisodiyoti rivojlanishning zaruriy sharti, yetarli sharti emas. Aks holda ushbu davlatlarning barchasi boy-badavlat yashardi.

Gosudarstvennie flagi stran YeAES - Sputnik O‘zbekiston
Jamshid Qo‘chqorov YeOII haqida: agar foydali bo‘lsa, qo‘shilamiz

Ushbu nuqtayi nazardan prezident e’lon qilgan propiska tizimini bekor qilish, paxta va g‘allaga bo‘lgan davlat buyurtmasini bekor qilish, korrupsiyaga qarshi kurash organi tuzilishi  - bularning brachasi  oxir oqibat iqtisodiyotga tegishli bo‘lgan  bozor iqtisodining zaruriy shartlarini yaratish  yo‘lida qilinayotgan choralardir.

Masalan propiskani bekor qilinishi – ishchi kuchi bemalol yaxshi ish bulgan joyga borib ishlay oladi. Ma’lumki, ish o‘rinlari odamlar orqasidan yurmaydi odamliar ish orqasidan yuradi.

Shu ma’noda raqamli iqtisodiyotga o‘tish – islohotlarda mantiqiy ketma-ketlikning munosib davomchisi va drayveridir.   

Maqsad - iqtisodiy farovonlik

Har bir davlatning asosiy maqsadi iqtisodiy o‘sish va farovonlik – qolgan hamma narsalar shulardan kelib chiqadi.

Jamshid Kuchkarov - Ministr finansov - Sputnik O‘zbekiston
Nafaqa berish bilan kambag‘allikni kamaytirib bo‘lmaydi – moliya vaziri

Xar bir mamlakatning faravonligi uning YaIMi bilan belgilanadi. Chunki YaIMdan tashqarida hech narsa yo‘q, oddiy so‘z bilan aytshganda. Xalqning davlatning harakat maydoni – mana shu yalpi ichki mahsulot. YaIM katta bo‘lsa birovga yordam puli nafaqa berishingiz mumkin.

Prezident qo‘ygan vazifalardan yana biri – O‘zbekiston YaIMini 5-yilda 100 millard dollarga chiqarish vazifasidir.

Bugungi kunda O‘zbekiston  YaIMi 58 milliard dollar bo‘lib, aholi jon boshiga 1725 dollardan to‘g‘ri keladi.

2024 yilda ushbu ko‘rsatgich 1000 milliard bo‘lsa, u aholi jon boshiga 2800 dollarni tashkil qiladi. Bunda aholi soni oshishi (36 mlrd) va dollar kursining oshishi (12 000 so‘m) ham hisobga olingan.

YaIM kupaymasa farovonlikni ta’minlashning iloji yuk. Bor narsani kupaytirmasdan turib uning taqsimotini o‘zgartirish bilan kambag‘alllikni yengib bulmaydi.

Raqamli iqtisod bozor iqtisodi bilan bir vaqtda O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotini oshirishga xizmat qiladi.   

Yangiliklar lentasi
0