Nafaqa berish bilan kambag‘allikni kamaytirib bo‘lmaydi – moliya vaziri

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovJamshid Kuchkarov - Ministr finansov
Jamshid Kuchkarov - Ministr finansov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov O‘zbekistonda kambag‘allik muammosini yo‘q qilish strategiyasi haqida aytib berdi.

TOShKENT, 27 yanv - Sputnik. Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov O‘zbekistonda kambag‘alchilikni yo‘q qilishga qaratilgan chora tadbirlar haqida qo‘yidagilarni aytib berdi. Sputnik muxbiri xabariga asosan. 

Jamshid Qo‘chqorov aytishiga qaraganda, bugungi kunda O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan, kambag‘allarga yordam berish tizimlari samarali emas. Shuning uchun ularning natijalari ham yuqori emas. 

Moliya vazirligi bu borada o‘z strategiyasini ishlab chiqqan. 

  1. Birinchi navbatda kambag‘allar sonini hisoblab olamiz, deydi Qo‘chqorov. Statistika bo‘yicha O‘zbekistonda kam daromadli aholi 11,8%ni tashkil qiladi. Bu 4.5 – 5 million kishi bo‘lishi mumkin.   
  2. Kambag‘allikni kamaytirish buyicha prognozlar ishlab chiqamiz. 
  3. 2020 – 2025-yillarga mo‘ljallangan, ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlikni rivojlantirish, ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan strategiya ishlab chikamiz.

Aslida ushbu strategiya bugungi kunda ishlashni boshlagan. Jahon banki Fargona viloyatida kichik tadbirkorlik korxonalari uchun 200 million dollarlik kredit liniyasi ochgan. Bu loyiha qishloq hududlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar uchun 125 000 dollargacha bulgan kreditlar berish. 

"Birovga nafaqa berish orqali kambag‘allikni kamaytirib bo‘lmaydi. Faqat ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlikni rivojlantirish - bu ishda yordam berishi mumkin", - deydi vazir  

Yangiliklar lentasi
0