Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Jamshid Qo‘chqorov YeOII haqida: agar foydali bo‘lsa, qo‘shilamiz

© Sputnik / Tabildi Kadirbekov / Mediabankka o‘tishGosudarstvennie flagi stran YeAES
Gosudarstvennie flagi stran YeAES - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Joriy yilning kuz oyida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev respublikaning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilish masalasini ishlab chiqish to‘g‘risida topshiriq berdi.

TOShKENT, 10 dek — Sputnik. Hozirda Toshkent Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) salohiyatini batafsil o‘rganmoqda. Bu haqda mamlakat moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov Sputnik O‘zbekiston muxbiriga ma’lum qildi.

“O‘zbekiston YeOII doirasidagi integratsion jarayonlarning ijobiy va salbiy tomonlariga baho bermoqda, - dedi Qo‘chqorov. – Menimcha, ijobiy tomonlari ko‘proq. Qaror qabul qilish bir kunlik yoki bir oylik ish emas. Agar bu bizga foydali bo‘lsa, albatta, qo‘shilamiz”.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, respublika xalqaro hamkorlikni kengaytirishga tayyordir.

Flagi Rossii, Kirgizstana, Kazaxstana, Belarusi, Armenii, a takje s simvolikoy Yevraziyskogo ekonomicheskogo soyuza (YeAES) - Sputnik O‘zbekiston
YeOIIdan SSSRning hidi kelmaydi – ekspertlar bahsi nima bilan tugadi

“Har bir mamlakat, O‘zbekiston ham bundan mustasno emas, jahon iqtisodiyoti, savdo munosabatlari, ayrim infratuzilma jarayonlariga integratsiyalashishga intiladi, - deb ta’kidladi u. – Atrofimizda ro‘y berayotgan jarayonlar, albatta, e’tiborimizdan chetda qolmaydi”.

O‘zbekistonda mamlakatning mintaqaviy va xalqaro tuzilmalarga qo‘shilishi xususida jamoatchilik va ekspert muhokamalar davom etmoqda.  Xususan, Prezident administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va izlanishlar markazida “Amaliy umumiy muvozanat modellari va O‘zbekistonning JST va YeOIIga qo‘shilishi ta’sirini baholash” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilish masalasini ishlab chiqishni joriy yilning kuz oyida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirgan edi. Hozirda YeOOIga Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Belarus va Armaniston a’zodir.

Yangiliklar lentasi
0