Asirlar Ukraina maxsus xizmatlarining qiynoqlari haqida so‘zlab berishdi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishObmen voyennoplennimi mejdu DNR, LNR i Ukrainoy v Doneskoy oblasti
Obmen voyennoplennimi mejdu DNR, LNR i Ukrainoy v Doneskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Donbassdagi asirlarni almashinuvi ishtirokchilari orasida to‘rtta Donetskda yashovchilar bor, ular Mariupolda SIZOda o‘tkazgan yillari davomida SBU va Azov bataloniga qarshi qiynoqlar yuzasidan Ukraina hukumatidan jinoiy ish qo‘zg‘atilishiga muvaffaq bo‘lishgan.

Bu haqda hibsga olinganlarning o‘zlari va ularning advokatlari RIA Novosti tomonidan o‘tkazilgan yangi surishtiruvda ma’lum qilishdi.

Prezident Kazaxstana Kasim-Jomart Tokayev - Sputnik O‘zbekiston
Tokayev yana Ukraina haqida gapirdi

Vacheslav Birukov, Aleksandr Stelnikovich, Viktor Skripnik va Yevgeniy Drujinin Kiyev tomonidan 2014-yil 9-mayda Mariupoldagi jang to‘qnashuvlariga aloqadorlikda gumon qilingan.

Kiyevning versiyasiga ko‘ra, 2014-yil avgust oyida "Mangust" laqabli Oleg Nedavniyning guruhiga kirgan to‘rt kishi hibsga olingan, ammo sud tergovining besh yili davomida Ukraina rasmiylari ularning ayblarini isbotlay olmadilar.

Bu vaqt ichida gumon qilinuvchilar qiynoqqa solindilar, va bu qiynoqlar orqali SBU tergovchilari va Azov bataloni iqrorlik ko‘rsatmalarini olishga harakat qildilar.

"Ular meni hamma joyimga juda ko‘p kaltaklashardi, oyoqlarimga pichoq bilan sanchishdi. Yuzimga avtomat o‘qdoni bilan urishdi. “To‘p” singari tepkilashdi. Bo‘g‘ishdi, hatto osib ham qo‘yishdi. Shiftda buning uchun maxsus ilgak bor edi. Qisqasi, to‘liq “xordiq chiqarish” bo‘ldi",  - dedi Birukov  RIA Novostiga o‘z baxtsizliklari haqida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu jismoniy jazolash Birukov o‘n kun o‘tkazgan Mariupoldagi SBU binosining podvalida o‘tkazilgan. "Har kuni kechqurun Azov bataloni SBUga kelib turardi. Ular bizni xo‘rlash uchun  "mehmonga” kelishardi”, - dedi ayirmachi askar.

Mujchina v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston
Qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik Ukrainada qo‘lga olindi

Uning baxtsizlik bo‘yicha sherigi Aleksandr Stelnikovich, Mariupol aeroportidagi mashxur noqonuniy qamoqxonani boshidan o‘tkazdi, u yerni asirlar va qiynovchilar beadablik bilan "kutubxona" deb atashardi - RIA Novosti bu va boshqa maxfiy qamoqxonalar to‘g‘risida o‘tgan yil iyul oyida o‘tkazilgan bir qator surishtiruvlarida aytib bergan edi.

"Ko‘pincha odamlarni bir yoki ikki haftaga olib kelishardi - qiynash, mayib qilish va ko‘rsatmalarni kaltaklash yo‘li orqali olib, keyinchalik "qonuniylashtirib" tergovchilarga o‘tkazish uchun. Ular bu yerda juda ko‘p odamlarni ezib tashlashdi", - deya eslaydi Stelnikovich.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayirmachilarning tanishlari ham kaltaklangan va ulardan kerakli ko‘rsatmalar tortib olingan.

Yigitlar jinoiy ishlar qo‘zg‘atishga  muvaffaq bo‘lishdi. Donesk viloyati prokuraturasining Tergov boshqarmasi 2015-yil 12-dekabrdagi 42015050000000694 va 42018051120000163 (sana ko‘rsatilmagan) jinoiy ish bo‘yicha sudgacha tergovni boshladi. Tegishli hujjatlar RIA Novosti ixtiyorida bor.

Kuni kecha "Hammaga hamma " formulasi bo‘yicha asirlarni almashish tadbiri amalga oshirildi. Ukraina hukumati 120 dan ortiq odamni o‘zlarini Respublika deb e’lon qilgan -Donesk va Lugansk xalq respublikalariga berib yubordi, Donbass esa 76 kishini Kiyevga yubordi.

Yangiliklar lentasi
0