Gretsiya prezidenti sifatida ilk marta ayol kishi saylandi: u haqida nimalar ma’lum

© Press-slujba pravitelstva GretsiiYekaterina Sakellaropulu
Yekaterina Sakellaropulu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Gretsiya davlatini birinchi marta ayol boshqaradi. Davlat kengashi raisi Yekaterina Sakellaropulu mamlakat prezidenti etib saylandi. U haqda nimalar ma’lum - batafsil maqolada.

TOShKENT, 22 yanv - Sputnik. Gretsiya oliy ma’muriy sudi - Davlat kengashi raisi Yekaterina Sakellaropulu Gretsiya prezidenti etib saylandi.

Shunday qilib, Gretsiya davlatini birinchi marta ayol boshqaradi.

Ovoz berish chorshanba kuni ertalab parlamentda bo‘lib o‘tdi. 261 nafar deputat Sakellaropulu uchun ovoz bergan. 33 kishi betaraf qolgan. Saylanish uchun 200 ta ovoz yetarli edi.

Konstitutsiya bo‘yicha, Gretsiya prezidenti parlament tomonidan bosh vazirning taklifiga binoan besh yillik muddatga saylanadi. Fraksiyalar o‘z nomzodlarini ham taklif qilishlari mumkin. Reglamentda prezidentlikka nomzodni muhokama qilish ko‘zda tutilmagan. 13-mart kuni amaldagi prezident Prokopis Pavlopulosning vakolat muddati tugaydi. Gretsiya Prezidentining vakolatlari asosan vakillik funksiyalari bilan cheklangan. Asosiy vakolat bosh vazirga tegishli.

Pannos Kamenos - Gretsiya Mudofaa vaziri - Sputnik O‘zbekiston
Gretsiya Mudofaa vaziri: "grek orollariga turklar qadamini ham bosolmaydi"

Ovoz berishdan keyin Bosh vazir Kiriakos Mitsotakis Gretsiya Prezidenti Prokopis Pavlopulos oldiga borib unga saylov natijalari haqida hisobot beradi.

Saylov o‘tkazish tartibi

Bosh vazir Kiriakos Mitsotakis Sakellaropuluni prezidentlikka taklif qildi.

Sakellaropuluning nomzodini hukmron “Yangi Demokratiya” partiyasi va muxolifatdagi SIRIZA va KINAL (sobiq PASOK harakati) qo‘llab-quvvatladilar. Gretsiya Kommunistik partiyasi, MEPA25 va Gretsiya Harakati partiyalari fraksiyalari uni qo‘llab-quvvatlamadi.

Tartibga binoan, biror bir nomzodga ovoz berish, betaraf bo‘lish yoki saylovda umuman qatnashmaslik mumkin. Prezident saylovida qarshi ovoz berish qonunda ko‘zda tutilmagan.

Gretsiyada prezident parlamentning yalpi majlisida saylanadi. Ilgari, Konstitutsiya, agar uch bosqichda nomzod vakolatli ko‘pchilik ovoziga ega bo‘lmasa, parlamentni tarqatib yuborilishi ko‘zda tutilgan.

So‘nggi o‘zgartirishlardan so‘ng prezidentni saylashda parlamentni tarqatib yuborish bilan bog‘liq qoidalar Konstitutsiyadan o‘chirildi. Endi Konstitutsiya besh bosqichda ovoz berish imkoniyatini beradi. Ovoz berishning birinchi yoki ikkinchi turida saylanish uchun nomzod 300 o‘rindan iborat parlamentda kamida 200 ovoz to‘plashi kerak, uchinchisida - kamida 180 ovoz. Agar bu amalga oshmasa, to‘rtinchi turda prezident 151 ovoz bilan, beshinchisi esa oddiy ko‘pchilik tomonidan saylanishi mumkin.

Sakellaropulu tarjimai holi

Yekaterina Sakellaropulu 1956-yilda Salonikida tug‘ilgan. 1978-yilda Afina universitetining yuridik fakultetini tamomlagan. 1982-yilda u Davlat Kengashining Ma’ruzachisi etib tayinlandi. 1988-yilda u lavozimida ko‘tarildi. O‘qish ta’tili doirasida (1989-1990), Sorbonna Universitetining konstitutsion va ma’muriy huquq bo‘yicha aspiranturasida o‘qidi. 2000-yilda maslahatchi, 2015-yilda - sud raisining o‘rinbosari. 2018-yil 17-oktabrda u sud raisi etib tayinlandi.

Uni oliy sudning raisi etib tayinlash uchun o‘sha paytda hukmron bo‘lgan Aleksis Siprasning SIRIZA radikal koalitsiyasi taklif qilgan edi.

O‘shanda Kiriakos Mitsotakis “Yangi Demokratiya” partiyasi bunga qarshi bo‘lgan, ammo 2020-yil yanvar oyida Mitsotakis Sakellaropuluni Gretsiyadagi eng yuqori davlat lavozimiga tavsiya qilgan.

Yaqin Sharqdan kelgan qochqinlar qutqaruv kiyimlari. - Sputnik O‘zbekiston
OAV: Gretsiya orollari aholisi Nobel mukofotiga nomzod bo‘lishi mumkin

Sakellaropulu Davlat kengashi sud xodimlari uyushmasining raisi (1993–1995 va 2000–2001), bosh kotib (1985–1986) va uyushmaning vitse-prezidenti (2006–2008) bo‘lgan. Markaziy qonunchilik komissiyasi a’zosi (1993-1995). Milliy sudyalar maktabida ekologik huquq fanidan dars bergan (2005-2014). U ushbu maktabda import va eksport sohasida raqobat komissiyasining a’zosi etib tayinlandi. 2015-yil mart oyidan beri u “Gretsiya atrof-muhitga oid huquq jamiyati” ilmiy birlashmasi prezidenti.

Sakellaropuluni atrof-muhit muammolari bo‘yicha mutaxassis deb atashadi. U ko‘plab muhim masalalar, shu jumladan Axeloos darosida gidroelektrostansiyalarni qurish bo‘yicha ma’ruzachi bo‘lgan.

Bu orada Sakellaropulu faoliyati bir necha bor tanqid qilindi. Sakellaropulu atrof-muhit tashkilotlari talablarini qo‘llab-quvvatlab davlatning G‘arbiy Gretsiyadagi barcha loyihalariga qarshi ovoz berdi. Shu bilan birga, u Marafon shahri yaqinidagi poytaxtining Attika rayoni sharqida poligon uchun katta maydonlar ajratishga ovoz berdi, Gretsiyaning shimoliy-sharqidagi Xalkidiki yarimorolidagi Kanada oltin qazib oluvchi kompaniyasiga yer ajratilishi rad etilishini qaytardi.

Sakellaropulu sobiq moliya vaziri Yorgos Papakonstantinuni aybsiz deb tan olishni taklif qildi. U "Lagard ro‘yxati"dan uchta qarindoshining ismlarini olib tashlashda aybdor deb topildi. Natijada Papakonstantinu bir yil qamoq jazosini uch yillik shartli qamoq jazosiga cho‘zish sharti bilan hukm qilindi. "Lagard ro‘yxati" HSBC bankining Shveysariya filialidagi 2 mingdan ortiq boy Gretsiyalik omonatchilarining ismlarini o‘z ichiga oladi. Ro‘yxat 2010-yilda Gretsiya hukumati ixtiyoriga Fransiya moliya vazirligi rahbari Kristin Lagard tomonidan topshirilgan, va uning atrofidagi janjal so‘nggi yillarda Gretsiyada eng katta janjallardan biriga aylangan edi, chunki siyosatchilarning qarindoshlarining ismlari ro‘yxatdan o‘chirib tashlangan edi.

Sakellaropulu ishchilarning 13 va 14 oylik maoshlarini bekor qilishni qo‘llab-quvvatladi. Ish haqining qisqartirilishi Gretsiyada ommaviy noroziliklarga sabab bo‘ldi. U, shuningdek, Prespan kelishuvini qo‘llab-quvvatladi, unga ko‘ra sobiq Yugoslaviyaning Makedoniya Respublikasi Shimoliy Makedoniya deb nomlandi. Aksariyat gretsiyaliklar kelishuvga qarshi chiqishdi.

Yangiliklar lentasi
0