Gretsiya Mudofaa vaziri: "grek orollariga turklar qadamini ham bosolmaydi"

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishPannos Kamenos - Gretsiya Mudofaa vaziri
Pannos Kamenos - Gretsiya Mudofaa vaziri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi provokatsiyalarga yo‘l qo‘yadigan bo‘lsa, Turkiya yaxshigina javob oladi, deya tahdid qildi Gretsiya Milliy mudofaa vaziri Panos Kammenos

TOShKENT, 26 fev — Sputnik. "Gretsiya orollariga turklar qadamizi ham qilolmaydi" va yangi fitnalar uyushtiradigan taqdirda Turkiya yaxshigina javob oladi, deb bayonot qilgan Gretsiya Milliy mudofaa vaziri rahbari Panos Kammenos. RIA Novosti xabari asosida.

Gretsiya politsiyachi turkiyalik zobit bilan birga - Sputnik O‘zbekiston
Gretsiya uch nafar turk harbiysiga boshpana berishdan bosh tortdi
Xabarga ko‘ra, Panov sal oldin Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlyut Chavushoglu tomonidan "agar turklar Imiaga chiqishni xohlashganda, ular buni albatta amalga oshirar edilar", — deya aytilgan gapga javoban shunday deb bayonot qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya ikkita tosh cho‘qqilaridan iborat Imia arollari Gretsiyaga tegishli emas, deb keladi. Mana shu tortishuv 1996-yilda ikki davlat o‘rtasida qurolli mojaro yuz berishiga sababchi bo‘layozdi.

"Ular bu orollarga qadamini ham bosmaydilar. Bunday bo‘lmaydi. Biz bunga halal beramiz. Agar ular kelishsa, u holda u yerdan qay tariqa qochishlarini ham tomosha qilamiz", — deb aytgan Kammenos.

Gretsiya Oliy sudi o‘tgan yilning iyulida Anqaradagi davlat to‘ntarishida aybdor deb topilgan sakkiz nafar harbiyni Turkiya tomonga berishdan bosh tortgach, ikkila davlat o‘rtasidagi munosabatlar darz ketgan edi.

Yangiliklar lentasi
0