TOShKENT, 25 yanv —Sputnik. Gretsiyaning bir necha orollari aholisi Yaqin Sharqdan kelayotgan qochqinlarga yordam berganligi munosobati bilan Nobel mukofotga nomzod bo‘lishi mumkin, deb yozmoqda Guardian gazetasi, RIA Novosti xabariga asosan.
Oksford, Prinston, Kornuolla va Kopengagen universitetlari professorlari Nobel qo‘mitasiga Gretsiyaning Lesbos, Kos, Samos, Leros, Rodos va Xios orollari aholisini mukofotga taqdim qilish haqida murojaatnoma tayorlamoqda.
Oliy o‘quv yurtlari professorlari ushbu orollar aholisining Yaqin Sharqdan kelayotgan qochqinlarga ko‘rstgan “hamdardlik va fidokorligini” yuqori baholashgan.Ushbu tashabbusni qo‘llab quvvatlash uchun internet tarmog‘ida ham murojaatnoma joylashtirilgan. Ushbu murojaatnomaga hozirga qadar 300 ming kishi ovoz bergan.
Nobel mukofotiga nomzodlar berishning oxirgi muddati – 1-fevral.
Shvetsiyalik olim Alfred Nobelning vasiyatnomasiga binoan, Nobel mukofoti ilm va fan rivojida oliy natijalarga erishgan olimlarga beriladi. Har yil taqdim etiladigan besh mukofotdan bittasi dunyoda tinchlikni mustahkamlash eng katta hissa qo‘shgan kishiga taqdim etiladi. Mukofotlar topshirish marosimi doimo, Alfred Nobel vafot etgan kunda — 10-dekabrda o‘tkaziladi.