Ruhiy kasalxonada o‘zini oynadan tashlamoqchi bo‘lgan fuqaro tutib qolindi

© Foto: Ramiz Baxtiyarov \ SputnikAvtomobili skoroy pochti v Sergeli
Avtomobili skoroy pochti v Sergeli - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nukusdagi ruhiy kasalliklar shifoxonasidan qochib ketmoqchi bo‘lgan fuqaro profilaktika inspektorlari tomonidan tutib olindi.

TOShKENT, 17 yanv - Sputnik. Amudaryodagi psixiatr qabuliga kelgan fuqaro poliklinika binosining ikkinchi qavatidan o‘zini tashlamoqchi bo‘lganida profilaktika inspektorlari tomonidan ushlab qolindi. Bu haqda IIV axborot xizmati ma’lum qilmoqda. 

Patsiyenti psixiatricheskoy bolnisi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik ayol Toshkent ruhiy kasalliklar shifoxonasida bemorlar kaltaklanayotganini aytdi

Qayd etilishicha, Amudaryo tumanida Psixiatr qabuliga kelgan yoshi taxminan 40-45 larda bo‘lgan fuqaro poliklinika binosining ikkinchi qavatidan o‘zini tashlamoqchi bo‘lgan. Ushbu holat aks etgan videotasvir esa ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan.

Voqea 16-yanvar kuni taxminan soat 08:30 larda yuz bergan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Amudaryo tumani «Qilichboy” ovul fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro profilaktika inspektoriga qo‘ng‘iroq qilib, akasi Q.E.ning ruhiy kasalligi qo‘zg‘igani sababli o‘ziga pichoq urmoqchi bo‘layotganini ma’lum qilgan.

Vrach vixodit iz operatsionnoy - Sputnik O‘zbekiston
Qashqadaryodagi ruhiy kasalliklar shifoxonasi xodimlariga hayfsan e’lon qilindi

Profilaktika inspektori chaqirilgan manzilga yetib borganida, haqiqatdan ham fuqaro Q.E.ning o‘z uyida oshxona pichog‘ini o‘ziga urmoqchi bo‘layotgani, baqir-chaqir qilayotgani holatiga guvoh bo‘lgan. Inspektor fuqaroni tinchlantirib, uning qo‘lidagi pichoqni olib qo‘ygan va tegishli hujjatlar rasmiylashtirish uchun uni ruhiy kasalliklar shifoxonasiga olib borgan.

Tuman markaziy shifoxonasining ikkinchi qavatida ushlab turilgan vaqtida fuqaro Q.E. qochish niyatida poliklinika derazasini oshib o‘tib, pastga sakramoqchi bo‘lgan.

Profilaktika inspektorlari tezkorlik bilan fuqaroni  ushlab qolishgan va ushu kunning o‘zidayoq Nukus shahridagi ruhiy-asab kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

© MVDInspektori zaderjali bolnogo pitavshegosya sbejat iz psixiatricheskoy bolnisi
Ruhiy kasalxonada o‘zini oynadan tashlamoqchi bo‘lgan fuqaro tutib qolindi - Sputnik O‘zbekiston
Inspektori zaderjali bolnogo pitavshegosya sbejat iz psixiatricheskoy bolnisi
Yangiliklar lentasi
0