O‘zbekistonlik ayol Toshkent ruhiy kasalliklar shifoxonasida bemorlar kaltaklanayotganini aytdi

© putnik / Tabildi KadirbekovPatsiyenti psixiatricheskoy bolnisi
Patsiyenti psixiatricheskoy bolnisi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent psixiatrik shifoxonasining tibbiyot xodimlari bemorni urib, tan jarohati yetkazishgan. Ushbu holat yuzasidan Toshkent IIBB rasmiy xabar e’lon qildi.

TOShKENT, 2-may - Sputnik. O‘zbekiston poytaxtidagi huquq-tartibot organlari xodimlari Toshkent ruhiy xastaliklar shifoxonasida davolanuvchi bemorning kaltaklanganligi holati yuzasidan tergov oldi tekshiruv ishlarini boshlab yubordilar.

Pojarniy zakreplyayet rukav shlanga - Sputnik O‘zbekiston
Qashqadaryoda asab-ruhiy kasalliklar shifoxonasida yong‘in sodir bo‘ldi

Ilgariroq, ijtimoiy tarmoqlarda turmush o‘rtog‘i Toshkent shahar klinik psixiatrik shifoxonasida davolanayotgan ayolning murojaati e’lon qilingan edi. Ayol kasalxonadagi shifokorlar bemorlar bilan shafqatsiz munosabatda bo‘layotganliklarini ma’lum qilgan. Bu murojaatni IIBB izohladi.

"Ilgariroq, 25-aprel kuni, yuqorida nomi qayd etilgan bemorning qarindoshi tomonidan murojaat kelib tushgan. Bemor so‘zlariga ko‘ra, tibbiyot xodimi unga tan jarohatlarini yetkazgan", - deyiladi idora xabarida.

Ushbu murojaat bo‘yicha tergov oldi harakatlari olib borilmoqda, ular natijasiga ko‘ra, qonunda nazarda tutilgan choralar qabul qilinadi. Ushbu murojaat Toshkent prokuraturasi nazoratiga olingan, deb ta’kidladi IIBB vakili.

Yangiliklar lentasi
0