Qashqadaryodagi ruhiy kasalliklar shifoxonasi xodimlariga hayfsan e’lon qilindi

© Sputnik / Aleksandr KrajevVrach vixodit iz operatsionnoy
Vrach vixodit iz operatsionnoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyat ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasida bir bemorning boshqa bemor tomonidan ayovsiz kaltaklangani haqida xabar tarqalmoqda.

TOShKENT, 5-iyul – Sputnik. O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi Qashqadaryo viloyat ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasida yuz bergan holat yuzasidan axborot berdi.  

kulak, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
MIB xodimlari kaltaklagani bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

Xabarga ko‘ra, shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyat ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasida bemor boshqa bemor tomonidan ayovsiz kaltaklangani haqida xabar tarqalgan. Qashqadaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mutaxassislari vaziyatni joyiga chiqib o‘rgandilar.

Ma’lum bo‘lishicha, viloyat ruhiy-asab kasalliklar shifoxonasida 2019-yil 20-iyun kuni 95 nafar bemor davolanishda bo‘lgan. Kaltaklangan bemor ham shu kuni shifoxonaga qabul qilingan. Bemor shifoxonaga kelgan kunida unda agressiv holat kuchli bo‘lgan. Ertasiga, ya’ni 21-iyun kuni ertalab taxminan soat 4-5 oralig‘ida ham uning ahvoli hali u qadar yengillamagan bo‘lgan. Sababi, bajarilgan tibbiy muolajalar ta’sir etishi uchun muayan muddat vaqt talab etiladi. Shu bois, M.T. kichik tibbiy xodim kuzatuvida hojatxonaga borganda u yerdagi ikki nafar bemorga tajovuz qilgan, bemorlar esa uni do‘pposlagan. Shovqin-suronni eshitgan tibbiyot xodimlari ularni tezlik bilan ajratishgan.

“Shuni aytish joizki, viloyat ruhiy-asab kasalliklar shifoxonasiga o‘ziga o‘zi xizmat qila oladigan bemorlar qabul qilinadi. Shu bois, kichik tibbiy xodimlar ularni faqat hojatxona tashqarisida kuzatib turadi. Biroq, shifoxonaga ruhiy qo‘zg‘alish holatida kelgan bemorlar tomonidan shifoxona xodimlariga va bir-biriga jarohat yetkazish holatlari uchrab turadi.

Polesskiy radiatsionno-ekologicheskiy zapovednik v Belorussii - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda 9 yoshli bola it tishlashidan vafot etdi

Bunday muammolarning oldini olish uchun shifoxona xodimlari hushor va ogoh bo‘lishi lozim. Shu bois, yuqoridagi holat kelib chiqishida nazoratni bo‘shashtirgan tibbiy xodimlarga nisbatan hayfsan e’lon qilindi. Ushbu holat takrorlanmasligi uchun shifoxona xodimlarining mas’ulligini oshirish, shifoxonada nazoratni kuchaytirish borasidagi asosiy vazifalar uqtirildi”, - deyilgan xabarda.  

O‘rganishlar davomida bemorning onasi qizini Koson tuman tibbiyot birlashmasidan viloyat ruhiy-asab kasalliklar shifoxonasiga yetkazish uchun “tez yordam” mashinasi haydovchisiga 50 ming so‘m pul bergani tasdig‘ini topmadi. Bemor shifoxonaga “tez yordam” mashinasida emas, tibbiy xizmat mashinasida olib kelingan. Tibbiy xizmat mashinasi haydovchisi tushuntirish xatida bemorning onasidan pul olmaganini, keltirilgan vajlar unga nisbatan tuhmat ekanini qayd etdi.

Yangiliklar lentasi
0