Erkinjon Turdimov konslagerlar qurbonlarini esga oldi

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishUzniki konsentratsionnogo lagerya Osvensim
Uzniki konsentratsionnogo lagerya Osvensim - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov Ikkinchi Jahon urushi yillarida Germaniya konslagerlarida qurbon bo‘lganlarni esga oldi. 

TOShKENT, 16 yanv - Sputnik. “Ikkinchi jahon urushida o‘lim lagerlarida asir olingan minglab begunoh bolalar, ayollar, keksalar tiriklayin o‘tda yodirildi, gaz kameralarida bo‘g‘ilib o‘ldilar”...   Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov bu haqda yoritilgan hujjatni “feysbuk” ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali havola qildi.

Veterani voyni tansuyut na prazdnike 9-maya v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Ikkinchi jahon urushi faxriylariga yangi medal va pul mukofoti sovg‘a qilinadi

Qayd etilishicha, XX asrning 30-yillarida Germaniya hokimiyati tepasiga kelgan fashizm insoniyat boshiga misl ko‘rilmagan vahshiyliklarni solgan. O‘zlarini oliy irq-oriylar deb sanagan nemis fashistlari Adolf Gitler boshchiligida dunyo xalqlarini qul qilish maqsadida Ikkinchi jahon urushini boshlagan.

Yahudiy va uchinchi dunyo aholisini o‘ziga qaram qilib, ularni eng og‘ir va tuban ishlarni bajarishga majbur qilishgan yoki butunlay qirib tashlashgan.

Osvensim, Xolokost, Xatin va boshqa o‘lim lagerlarida asir olingan minglab begunoh bolalar, ayollar, keksalar tiriklayin o‘tda yondirilgan, gaz kameralarida bo‘g‘ib o‘ldirilgan...

Shuningdek, 6 million aholisi bo‘lgan O‘zbekistondan ham 1,5 million nafar yigitlar ushbu 2-jahon urushiga safarbar qilingan. Ularning yarmidan ko‘prog‘ining hoki poklari begona yurtlarda qolib ketgan, qanchasi bedarak yo‘qolgan. Ular ro‘yxatida 101 nafar samarqandlik yurtdoshlarimizning borligi aytiladi. Bu haqda Gollandiyalik jurnalist Remko Reyding ma’lumotlar to‘plagan va uni yoritgan.

Stend s knigami - Izdatelstvo Sharq Ziyokori Kitoblar Markazi direktor Umid Xalikov  - Sputnik O‘zbekiston
Belarusda ikkinchi jahon urushi yillarida halok bo‘lgan o‘zbeklar haqida kitob chop etiladi

Jurnalist Remko Reyding 19-yil muqaddam Gollandiyaning Amersfort  shaharchasi yonidagi unutilgan, xarob va qarovsiz ahvolga kelib qolgan qabristonga qiziqib qoladi. U yerda 2 jahon urushida  asir olingan,  fashizmning vahshiyona qiynoqlari qurboni bo‘lgan 865 nafar sovet jangchilarining dafn etilganini aniqlaydi. Ulardan 101 nafari Samarqand shahri va viloyatidan safarbar qilingan o‘zbeklar bo‘lgan. Jurnalist arxiv materiallarini o‘rganish mobaynida fashistlarning irqni aniqlash ustida o‘tkazgan labaratoriya tajribalari uchun atay mongoloid qiyofadagi o‘zbek yigitlarini tanlab olganligining guvohi bo‘lgan. Bu ishda esa unga o‘smirligida fashist tadqiqotchilarining yovuzliklariga guvoh bo‘lgan, hozirda hayot bo‘lsa, 95 yoshni qarshilagan bo‘lishi mumkin bo‘lgan gollandiyalik Xenka Brukxauzen o‘z xotiralari bilan yordam bergan.

O‘sha paytda lager vrachi bo‘lgan gollandiyalik Nikolas Van Nyuvenxauzen asirlar ustida biozoolog-anatomik tajribalar olib borgan. Lagervrachining kundaligida ham 101 nafar o‘zbekdan 24 nafari hali tajriba stoliga yotib ulgurmay halok bo‘lganligi qayd etilgan. Vafot etgan yana ikki nafarining boshi tanasidan ajratib olingan va boshqa asirlarga boshchanoq suyagi qolguncha qaynatish buyurilgan. So‘ng vrach ushbu bosh suyaklarini ish stoli ustiga qo‘yib, o‘rgangan...

Voini Krasnoy Armii na Xarbinskom aerodrome - Sputnik O‘zbekiston
Ikkinchi jahon urushi qahramonlari haqida kitob-albom yaratiladi

Jurnalist Reydingning ushbu va boshqa arxiv ma’lumotlari asosida yaratilgan “Shon-shuhrat maydonining farzandlari” kitobida o‘zbeklar ustida tajriba o‘tkazishdan oldin, uch kun davomida ularning ochlikda saqlanganligi, to‘rtinchi kuni ularni maydonga chiqarib, safga turg‘izishgani, oldilariga esa bir buxonka non tashlashgani keltirilgan. Qayd etilishicha, fashistlar bu bilan asirlarni nonga och itlardek tashlanishib, bir-birlarini g‘ajib tashlashadi degan o‘yda bo‘lgan. Bu jirkanch fikrga  qat’iy ishonch bilan non talashish jarayonlarini suratga olish uchun hatto Germaniyadan kinooperatorlarni chaqirishgan. Ammo holat ular kutgandek bo‘lmaydi. Taqdirga mardona tan bergan asirlar nonga tashlanmaydilar. Ancha vaqt o‘tgach, oralaridan yoshi ulug‘rog‘i chiqib, ularga nonni teng burdadan taqsimlab beradi.. 

“O‘sha qonxo‘r, zolim iblisdan tarqagan oriylarning boshiga shunday savdo tushsa, bir-birining go‘shtini yeyishga ham tayyorligini tasavvur qilish qiyin emas”, deb yozadi jurnalist o‘z kitobida.

1942 yilda fashistlar cheksiz azob-uqubatga dosh bergan asirlarni Fransiyadagi boshqa lagerga ko‘chirish haqida yolg‘on e’lon bilan aldaydilar, ularni Amersfort shaharchasi yaqinidagi qabristonga keltirib, otib tashlaydilar. Ular haqida na birorta hujjat, na ma’lumot qolmagan. Chekinish paytida esa fashistlar lagerga o‘t qo‘yib ketishgan.

Jurnalist Reydingning astoydil izlanishlari natijasida qabristonga dafn etilgan 865 nafar sovet jangchilaridan 200 nafarining qarindosh-urug‘lari aniqlangan. 

Uzbekskaya SSR. Kuznes Shaaxmed Shamaxmudov i yego jena Baxri Akramova vzali na vospitanie i usinovili 15 detey, poteravshix roditeley i evakuirovannix vo vremya voyni v Tashkent. - Sputnik O‘zbekiston
So‘nggi bo‘lak non va shirin so‘z: o‘zbeklarning urush yillaridagi jasorati haqida

Lagerda shuningdek, o‘zbekistonliklarga taqdirdosh bo‘lgan gollandiyalik kommunist rassom tomonidan qalamda chizilgan ikki surat saqlanib qolganligi, ularning orqasiga-biriga Hotam Qodirov, ikkinchisiga Zoir Muratov deya yozilib, imzo chekilganligi aytiladi. Ushbu surat rus cherkovining “Voskresenie” (2017 y.7-son) gazetasida e’lon qilingan.

Amersfort shaharchasidagi fuqarolarning har yili bahorda o‘zbekistonliklar qabrlarini ziyorat qilib, gullar qo‘yib, sham yoqib xotirlashlari an’anaga aylangan.

“Ushbu qabristonda dafn etilgan yurtdoshlarimizning nomini aniqlash uchun arxiv xodimlari, yoshlar ittifoqi, iztopar, tarixchilar va jamoatchilik vakillari, elchixonalar, xalqaro madaniy aloqalar tashkilotlari hamkorligida qidiruv ishlari olib borsalar, savob bo‘lardi. Marhumlardan qay biri qay birimizning qarindoshimiz, tog‘a-jiyanimiz, urug‘-aymog‘imiz bo‘lishi mumkin”,- deya hikoyasini yakunlaydi Nuriddin Boboqandov, Samarqand hokimi e’lon qilgan hujjatda.

Yangiliklar lentasi
0