12 yanvar kuni O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida UFCdagi O‘zbekistondan birinchi kurashchi bo‘lgan Mahmud Murodovning jurnalistlar va muxlislar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
FAKT №1
Mahmud Murodov - qat’iylik, kuchli iroda va maqsadlar sari erishishning eng yorqin namunasi hisoblanadi. Sportdagi yo‘lini mustaqil boshlagan Mahmud xorijda trenerlar qidirgan va bugungi mashhurlikka qadar ko‘plab qiyinchiliklarni yengib o‘tgan.
FAKT №2
30 yashar jangchi o‘z karyerasini 2012-yilda boshlagan, o‘sha vaqtda hali unchalik tanilmagan K1EL promousheni homiyligida debut qilgan. O‘tgan sakkiz yil davomida Murodov 22ta jang o‘tkazgan, shundan atigi 6 tasi mag‘lubiyat bilan yakunlangan. Bir muddat ilgari, besh xil vazn toifasida sobiq jahon chempioni, amerikalik 42 yoshli kichik-Floyd Meyvezer Instagramda post e’lon qilib, Mahmud Murodovni MMA tarixidagi eng yaxshi jangchi, deb atagach, o‘zbek sportchisiga bo‘lgan qiziqish yanada ortdi.
FAKT №3.
MMA jangchisi Haj safariga borishni orzu qiladi. "Bu joylarni ziyorat qilish kerak, lekin har bir ishning o‘z mavridi bo‘ladi", deydi u. Murodovning so‘zlariga ko‘ra, og‘ir kunlarida ko‘z yosh to‘kkan. Lekin ich-ichida yig‘lagan. Nimadan qo‘rqadi? "Ota-onamni yo‘qotib qo‘yishdan. Allohdan. Faqatgina mag‘lubiyatdan va jarohatlardan qo‘rqmayman. Chunki qancha shug‘ullanishim va nimalarga qodirligimni bilaman", - deydi u.
Murodovning tan olishicha, u hech bir janggidan qoniqqan emas.
FAKT №4
Mahmud Murodov UFCning eng yaxshi jangchisi deb Habib Nurmagomedovni tan oladi. "Hozir Habib darajasidagi jangchi yo‘q. Uning kuchi tezligida. U hozir jahonda tengsiz. Bu mening shaxsiy fikrim", deydi u.
FAKT №5
Murodov O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevdan minnatdor. "Endi bizni qo‘llab-quvvatlaydigan Assotsiatsiya bor. Biz albatta, muxlislarni, assotsiatsiyamizni xursand qilamiz. Bu biz uchun katta mas’uliyat yuklaydi. Katta maydonlarda shuhrat qozonishga intilamiz. Hozirda qo‘shnilarda o‘zapmiz: Qozog‘iston, Turkmaniston, Tojikistonda UFC jangchi yo‘q, bizda bor. Trenerlar ham, yaxshi jamoamiz bor", deydi u. Murodovning aytishicha, kelajakda u O‘zbekistonda MMAni rivojlantirishga hissa qo‘shmoqchi, o‘z maktabini tashkil etmoqchi.
FAKT №6
Ota-onasi Mahmudning jangchi bo‘lish qarori albatta, hayratlantirmay qolmagan, ammo ular uchun farzandining sevimli ishi bilan shug‘ullanishi hammasidan ustun bo‘lgani uchun, ko‘nishga rozi bo‘lganlar.
Oktagondagi har bir jangidan so‘ng Mahmudga onasi qo‘ng‘iroq qiladi va "agar mana bunday zarba berganingda, muxlislaring o‘rinlaridan turib ketishardi", deya maslahat beradi.
FAKT №7
Murodovning MMA eng kuchli ligasidagi birinchi janggi italiyalik Alessio Di Kiriko bilan bo‘lib, unda hakamlarning bir ovozdagi qarori bilan o‘zbek jangchisi g‘alaba qozongan edi. UFCdagi ikkinchi jangda Maxmud Murodov o‘ng tomondan zarba bilan amerikalik Trevor Smit og‘zidan kapani chiqarib yuborgan. Raqibini chiroyli tarzda nokaut qilib, o‘zbekistonlik sportchi kechaning eng yaxshi chiqishi uchun taqdirlangan. Tepaga qarab zarba berish qobiliyati uchun Mahmud Murodovga "uchar o‘zbek" deb nom qo‘yishgan.