TOShKENT, 8 dek — Sputnik. Mahmud Murodov UFC’dagi ikkinchi jangini amerikalik Trevor Smitga qarshi o‘tkazdi va uni nokaut holatiga tushirdi. Jang Vashingtondagi musobaqa doirasida bo‘lib o‘tdi.
Oktagonga ko‘tarilgan Murodov raqibini so‘nggi uchinchi raundda chuqur nokaut holatiga tushirib qo‘ydi va g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Jangdan so‘ng Murodov muxlislariga videomurojaat yo‘lladi va unda ushbu g‘alabasini O‘zbekistonga xalqiga va prezidentga bag‘ishlashini aytdi. Shuningdek, u uni qo‘llab-quvvatlaganlarga minnatdorchilik bildirdi.
Posmotret etu publikatsiyu v InstagramAlxamdulillax 🤲🏻☝🏻 eta pobeda dlya vas 🇺🇿🇺🇿🇺🇿 mi idom dalshe 💪🏻 kto-to somnevalsya ? 😎
38 yoshli amerikalik Trevor Smit UFC’da 11 ta jang o‘tkazgan. Ulardan 5 tasida g‘alaba qozongan bo‘lsa, 6 tasida mag‘lub bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Mahmud Murodov UFC’dagi debut jangini italiyalik Alessio di Kirikoga qarshi o‘tkazib, ustunlikka erishgan edi.