TOShKENT, 14 yanv - Sputnik. Aralash jang san’ati (MMA) bo‘yicha o‘rta (-84 kg) vazn toifasiga ega bo‘lgan o‘zbekistonlik sportchi Mahmud Murodovning UFCdagi uchinchi jangi bekor qilindi. Bu haqda sportchining o‘zi instagramdagi sahifasi orqali ma’lum qildi.
Rejaga ko‘ra, Mahmud Murodov MMAning eng nufuzli turniri bo‘lgan UFCdagi uchinchi jangida braziliyalik Antonio Karlos Juniorga (10-4) qarshi ringga chiqishi, jang 14-mart kuni Braziliya shahridagi “Ginásio Nilson Nelson” arenasida bo‘lib o‘tishi kerak edi.
Ammo sportchining bu galgi raqibi mashg‘ulotlar vaqtida jarohat olganligi bois u rejalashtirilgan jangda qatnasha omaydi.
Sportchining ma’lum qilishicha, ayni damda uning vakillari UFC bilan keyingi jang bo‘yicha muzokara olib borishmoqda. Tez orada bu haqda uning o‘zi ma’lum qilishini bildirgan.