Pushkov: AQSh “ID” uchun Liviya “darvozasini” ochib qo‘yib, endi unga qarshi kurashmoqchi

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Mediabankka o‘tishRossiya Davlat dumasining xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Aleksey Pushkov.
Rossiya Davlat dumasining xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Aleksey Pushkov. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vashington avvaliga Liviyani tarqoq holatga keltirdi va mamlakat “darvozasini” terrorchilar uchun ochib qo‘ydi, endi esa, ularga qarshi harbiy operatsiyalarni amalga oshirmoqchi, deb izoh berdi deputat Obamaning Shimoliy Afrika davlatlarida “Islom Davlati”ga qarshi kurashish to‘g‘risidagi ta’kidiga javoban.

TOShKENT, 17 fev — Sputnik. Qo‘shma Shtatlar “Islom davlati” terrorchilariga Liviyaga bostirib kirishlari uchun sharoit yaratib berib, endilikda, jangarilarga qarshi kurashmoqchi bo‘lyapti, deb ta’kidladi Rossiya Davlat dumasining xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Aleksey Pushkov Twitterdagi mikroblogida.

Amerikalik milliarder Donald Tramp. - Sputnik O‘zbekiston
Tramp: AQSh Iroqda urush boshlab, Yaqin Sharqdagi ahvolni zaiflashtirdi

"AQSh Liviyaga bostirib kirishga tayyorgarlik ko‘rapti – bu safar u “ID”ga qarshi kurashmoqchi. Avvaliga davlatni barbod qildi va radikal kuchlar uchun “darvozalarni” ochib qo‘ydi, mana endi esa, ularga qarshi kurashadi", — deb yozadi siyosatchi.
Bundan sal oldin, Kaliforniyada o‘tkazilgan matbuot-anjumanida AQSh Liviyada harbiy operatsiyalarni amalga oshirishi mumkinmi, degan savolga prezident Barak Obama Vashington “ID”ni dunyoning istalgan nuqtasida ta’qib qilishini ma’lum qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0