Liviya mojarosi yuzasidan Moskvada uchrashuv o‘tkaziladi

© Sputnik / Andrey Stenin / Mediabankka o‘tishSituatsiya v Livii
Situatsiya v Livii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Liviya milliy kelishuv hukumati rahbari Fayyoz Sarroj va Liviya milliy armiyasi qo‘mondoni marshal Xalifa Haftarning Moskvadagi uchrashuvini tasdiqladi.

TOShKENT, 13 yanv – Sputnik. Liviya milliy kelishuv hukumati (PNS) rahbari Fayyoz Sarroj va Liviya milliy armiyasi (LNA) qo‘mondoni marshal Xalifa Haftar hamda Liviyaning boshqa partiyalari vakillari dushanba kuni Rossiya va Turkiya Tashqi ishlar vazirlari va Mudofaa vazirligi rahbarligida Moskvada yig‘ilishadi. Bu xaqda Rossiya TIVda RIA Novostiga xabar berildi.

"Istanbul sammitida e’lon qilingan Rossiya Federatsiyasi va Turkiya prezidentlarining tashabbusini amalga oshirish doirasida, bugun Moskvada Rossiya va Turkiya tashqi ishlar vazirliklari va mudofaa vazirliklari rahbarlarining shafe’ligida Liviya ichki taraflar uchrashuvi bo‘lib o‘tadi ... Sarroj, Haftar va Liviyaning boshqa tomonlari vakillarning ushbu uchrashuvda ishtirok etishi kutilmoqda”, - deb bayonot berildi idorada.

Avvalroq Rossiya va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin va Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Liviya bo‘yicha yagona pozitsiya bilan chiqishgan va barcha tomonlarni 12-yanvar yarim tundan boshlab o‘t ochishni to‘xtatishga va muzokaralar stoliga o‘tirishga chaqirishgan edi.

Xaftar bu tashabbusni olqishladi va u o‘z armiyasi o‘tgan yilning aprel oyidan beri olib borayotgan Tripoliga hujumni davom ettirishga va’da berdi.

O‘z navbatida, Liviya PNS rahbari Fayez Sarraj ham LNA kuchlari olib chiqilgandan keyin yuzaga keladigan sulh taklifini qo‘llab-quvvatladi.

2011 yilda Liviya Qaddafiy o‘ldirilganidan keyin yagona davlat sifatida amal qilmay qo‘ygan. Hozirda mamlakatda ikki hokimiyat hukmronlik qilmoqda. Sharqda halq tomonidan saylangan parlament boshqarmoqda, g‘arbda esa poytaxt Tripolida Sarraj boshchiligidagi BMT va Yevropa Ittifoqining ko‘magida shakllangan Milliy kelishuv hukumati boshqaradi. Mamlakat sharqidagi hokimiyat mamlakat poytaxtini egallab olishga urinishni to‘xtatmayotgan Liviya Haftar milliy armiyasi bilan hamkorlik qilmoqda, bu.

Yanvar oyi boshlarida Tripoli turk harbiylirining birinchi guruhi kelganini ma’lum qildi.

Avvalroq Sputnik radiosi Tripoli mamlakat g‘arbida sulh e’lon qilganini xabar qilgandi.

Yangiliklar lentasi
0