Kamilov hindistonlik hamkasbi bilan qator masalalarni muhokama qildi

© MID UzbekistanaMinistr inostrannix del Respubliki Uzbekistan Abdulaziz Kamilov, pribivshiy v g.Nyu-Deli s rabochim vizitom, vstretilsya s Ministrom inostrannix del Respubliki Indiya Subramanyamom Djayshankarom
Ministr inostrannix del Respubliki Uzbekistan Abdulaziz Kamilov, pribivshiy v g.Nyu-Deli s rabochim vizitom, vstretilsya s Ministrom inostrannix del Respubliki Indiya Subramanyamom Djayshankarom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ikki davlat tashqi ishlar vazirlari 2020-yilda bo‘lib o‘tadigan oliy va boshqa darajalardagi uchrashuvlar jadvali, qo‘shma tadbirlar o‘tkazish muddatlari bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqdilar.

TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. Dehli shahriga amaliy tashrif bilan kelgan O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Hindiston Tashqi ishlar vaziri Subrahmanyam Jaishankar bilan uchrashdi.

Suhbat boshida O‘zbekiston TIV rahbari Hindiston Tashqi ishlar vazirligi shafeligida o‘tkazilayotgan “Raisina Dialogue” beshinchi xalqaro konferensiyasiga taklif uchun minnatdorlik izhor etdi.

Ta’kidlanishicha, uchrashuvda prezident Shavkat Mirziyoyev va Bosh vazir Narendra Modi o‘rtasidagi muhim kelishuvlarga asoslangan O‘zbekiston-Hindiston hamkorligining holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Ministr inostrannix del Respubliki Uzbekistan Abdulaziz Kamilov - Sputnik O‘zbekiston
Abdulaziz Kamilov tashrif bilan Hindistonda bo‘ladi

Vazirlar 2020-yilda bo‘lib o‘tadigan oliy va boshqa darajalardagi uchrashuvlar jadvali, qo‘shma tadbirlar o‘tkazish muddatlari bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqdilar.

O‘zbekiston va Hindiston iqtisodiy sohadagi hamkorlikni kengaytirishga ustuvor ahamiyat berishi ta’kidlandi.

TIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Afg‘oniston masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. O‘zbekiston va Hindistonning Afg‘onistondagi vaziyatni tezroq barqarorlashtirishdan manfaatdorligi tasdiqlangan. Bu esa mintaqadagi hamkorlikni faollashtirish va kengaytirish uchun keng imkoniyatlarni ochib berishi qayd etilgan.

Ushbu maqsadlarga erishishga 2019-yil yanvar oyida Samarqand shahrida ilk bor o‘tkazilgan tashqi ishlar vazirlari darajasida Afg‘oniston ishtirokidagi “Hindiston – Markaziy Osiyo” muloqoti majlislarining muntazam o‘tkazilishi ham ko‘maklashadi.

Xabarda uchrashuvda madaniy-gumanitar, ayniqsa, ta’lim va fan sohalaridagi aloqalarni mustahkamlash istiqbollari muhokama qilingani qo‘shimcha qilingan.

Yangiliklar lentasi
0