TOShKENT, 11 yanv - Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Hindistonga amaliy tashrif bilan boradi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
"2020-yil 14-15-yanvar kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov amaliy tashrif bilan Hindiston Respublikasida bo‘ladi", - deyiladi xabarda.
Nyu-Dehli shahrida Hindiston Tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar bilan muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan. O‘zbekiston delegatsiyasi Raisina Dialogue 5-xalqaro konferensiyasi ishida ham ishtirok etadi.
Tashrif doirasida forumda ishtirok etuvchi xorijiy delegatsiya rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish kutilmoqda.