Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari haj safariga imtiyozli ravishda borishadi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishMakka shahridagi ziyoratchilar
Makka shahridagi ziyoratchilar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu haqda 8-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov tomonidan o‘tkazilgan videoselektor davomida ma’lum qilingan

TOShKENT, 10 apr — Sputnik. 8-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov prezidentning 2017-yil 4-apreldagi "Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini so‘zsiz ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor majlis o‘tkazgan.

Majlis davomida Respublika "Nuroniy" jamg‘armasi vakili tomonidan ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini muborak haj safariga imtiyozli ravishda yuborish taklifi berilgan.

Urush veteranlari navbatsiz mashina oladi
"Bosh vazir ushbu taklifga javoban, prezident tomonidan ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining har qanday talab va istaklarini inobatga olish haqida so‘zlaganlari, agarda ular haj safariga borish istagini bildirsa, davlatimiz tomonidan albatta bepul borib kelishlarini bildirgan. Ikkinchi jahon urushi qatnashganlarlarning  aksariyati ayni paytda 90 yoshdan oshganligiga alohida e’tibor qaratish lozimligi ham aytib o‘tilgan", — deb yozadi "kun.uz" nashri.

Ta’kidlanishicha, "Nuroniy" jamg‘armasiga ro‘yhatni shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

Shuningdek, bayram tadbirlarida ishtirok etuvchi ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining tadbirlar davomida urintirib qo‘ymaslik, ko‘ngliga qarab ish ko‘rish haqida hamda bayramda kiyishlari uchun liboslari ham davlat tomonidan berilishi aytib o‘tildi.

Yangiliklar lentasi
0