Rossiya "Shimoliy oqim-2" ni o‘z kuchlari bilan yakunlaydi, deya ishonadi ekspert

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishStroitelstvo gazoprovoda "Severniy potok-2" v Leningradskoy oblasti
Stroitelstvo gazoprovoda Severniy potok-2 v Leningradskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ekspert ta’kidlashicha, "AllSeas" kompaniyasining “Shimoliy oqim-2”da ishlashga qaytishi uchun imkoniyat hali ham saqlanib qolmoqda.

Rossiya “Shimoliy oqim-2” gaz quvurini mustaqil ravishda quradi, dedi "Izvestiya"ga Milliy Energetika instituti bosh direktori Sergey Pravosudov.

Pusk v ekspluatatsiyu vtoroy vetki gazoprovoda Severniy potok - Sputnik O‘zbekiston
"Biznesda yangi bosqich": ekspert “Shimoliy oqim-2”ga qarshi sanksiyalar haqida

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh tomonidan sanksiyalar ko‘rinishidagi "yuzga tupurish" yevropaliklarni "o‘z manfaatlarini himoya qilishga" undashi mumkin. Ekspert ta’kidlashicha, Shveysariyaning "AllSeas" kompaniyasining “Shimoliy oqim-2”da ishlashga qaytishi uchun imkoniyat hali ham saqlanib qolmoqda.

Ta’kidlanishicha, gaz quvurini yotqizishda AllSeasning ishtiroki qayta boshlanishidan qat’i nazar, joriy yilda foydalanishga topshiriladi. Shu bilan birga, Daniya suvlarida ishlash uchun zarur bo‘lgan texnologiyalarga ega Rossiyaning "Akademik Cherskiy" kemasi gaz quvurining qurilishini tugatishi va loyiha tugatilmay qolgan kichik qismni tugatishi mumkin.

“Shimoliy oqim-2” operatsion kompaniyasining matbuot xizmatiga ko‘ra, Boltiq dengizining tub qismiga 2,46 ming kilometrdan 2,3 ming kilometrga yaqin gaz quvuri yotqizilgan.

20 dekabr kuni AQSh Prezidenti Donald Tramp 2020-yil uchun mudofaa budjetini imzoladi, bu Shimoliy oqim-2 va Turk Oqimi gaz quvurlariga qarshi sanksiyalarni nazarda tutadi. AQSh loyihada qurilish ishlarini olib boruvchi kompaniyalardan qurilishni darhol to‘xtatishni talab qilishdi. AllSeas deyarli darhol “Shimoliy oqim-2”da quvur yotqizishni to‘xtatishini e’lon qildi.

Avvalroq Sputnik radiosi “Shimoliy oqim-2”ga qarshi sanksiyalar o‘z ma’nosini yo‘qotgani haqida xabar bergandi.

Yangiliklar lentasi
0