To‘xtatish vaqti keldi - Mariya Zaxarova AQShning dunyo uchun halokatli siyosati haqida

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishBrifing ofitsialnogo predstavitelya MID Rossii M. Zaxarovoy
Brifing ofitsialnogo predstavitelya MID Rossii M. Zaxarovoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQShning xatosi Yaqin Sharq mintaqasida falokatlar zanjirini keltirib chiqardi va ofatlar oqimi ulkan ummonga aylandi - deydi Zaxarova.

TOShKENT, 7 yanv - Sputnik. AQSh siyosatchilari doimiy ravishda "ba’zi tashqi omillar" iborasi bilan doimiy xatolarga yo‘l qo‘yadilar, deydi Rossiya TIVning rasmiy vakili Mariya Zaxarova. RIA Novosti xabariga asosan.

V Irane prazdnuyut godovshinu islamskoy revolyutsii - Sputnik O‘zbekiston
Eron general Sulaymon o‘limi uchun AQShga javob qaytardi

Rossiyalik diplomat AQSh qurolli kuchlari qo‘mondoni Uilyam Silining maktubini nashr etilishiga munosabat bildirdi. Ommaviy axborot vositalari tomonidan tarqatilgan hujjatda Iroqning mahalliy hokimiyati talabiga binoan AQSh qo‘shinlarining Iroqdan "olib chiqilishi" boshlanishi haqida gapirilgan, ammo keyinchalik AQSh Qurolli kuchlari shtab boshliqlari qo‘shma qo‘mondonlarining raisi general Mark Milli bu xatni homaki va xato va nashr etishga noloyiq deb atadi.

Zaxarova tushuntirishicha, amerikaliklar o‘z qilmishlari uchun javobgarlikni o‘z zimmalariga olishga majbur bo‘ldilar, chunki bu holda aybni boshqalarga yuklash imkoni bo‘lmadi.

Diplomat ta’kidlashicha, muqaddam Vashingtonning xatolari jiddiy oqibatlarga olib kelgan. Xususan, Zaxarova amerikalik general Kolin Pauell 20-yil oldin BMT Xavfsizlik Kengashiga go‘yoki Iroq tomonidan ishlab chiqilayotgan ommaviy qirg‘in quroli namunasi joylashtirilgan naychani olib kelgani va bu amerikalik harbiylarning Iroqqa kirishiga sabab bo‘lganini eslatdi.

"Xavfsizlik Kengashi bunga qarshi edi, shu qatori Rossiyaning sa’y-harakatlari tufayli Amerikaning harakatlarini na ma’qullashga, na quvvatlashga va na legallashtirishga hech qanday rezolyutsiya  qabul qilinmagan. <...> Bu xato mintaqada butun falokatlar zanjirini keltirib chiqardi va ofatlar oqimi natijada barcha to‘g‘onlarni buzib o‘tib, ulkan falokatlar ummoniga aylandi.”, - dedi Zaxarova.

Uning fikricha, tarix bunday misollarni juda yaxshi biladi.

"Bunday xatolar shunchalik ko‘pki, to‘xtab o‘ziga savol berish vaqti keldi: nega dunyo hamjamiyati, bashariy institutlariga ega bo‘lgan holda, passiv va kutish holatida turibdi", - deya shikoyat qiladi Zaxarova.

Diplomatning ta’kidlashicha, AQShning bunday xatti-harakati deyarli odatiy holga aylangan.

Protestuyushie s fotografiyami ubitogo generala KSIR Kasema Suleymani i prezidentom Xassanom Rouxani, 3-yanvarya 2020 goda - Sputnik O‘zbekiston
Eron AQShdan qasos olishning 13ta ssenariysini tayyorladi - OAV

2-yanvar kuni Pentagon AQSh Iroq poytaxti Bog‘dod yaqinida yana bir havo hujumini amalga oshirganini tasdiqladi, amaliyot natijasida Eronning eng nufuzli harbiy rahbarlaridan biri, Al-Quds maxsus kuchlari qo‘mondoni Kassam Sulaymoniy nobud bo‘ldi.

U bilan birga yana o‘n kishi halok bo‘ldi, ular orasida maxsus kuchlarning to‘rt xodimi, shuningdek, Iroqdagi yuqori martabali shia guruhlarining a’zolari bo‘lgan. Hujum Sulaymoniyni "terrorchilar yetakchisi" deb atagan AQSh prezidenti Donald Trampning buyrug‘iga asosan uyushtirildi.

Generalning o‘ldirilishidan keyin Eron tashqi ishlar vaziri Javad Zarif "AQShning G‘arbiy Osiyoda salbiy ishtirokining tugashini" bashorat qildi. Avvalroq Sputnik radiosi, Lavrov Eron generalini o‘ldirgani sababli Zarifga ta’ziya izhor qilgani haqida xabar bergan edi.

Yangiliklar lentasi
0