Eron general Sulaymon o‘limi uchun AQShga javob qaytardi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishV Irane prazdnuyut godovshinu islamskoy revolyutsii
V Irane prazdnuyut godovshinu islamskoy revolyutsii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sakkizinchi yanvarga o‘tar kechasi Eron general Sulaymoniyning o‘ldirilishiga javoban AQSh bazalariga raketa zarbalarini amalga oshirdi.

TOShKENT, 8 yanv - Sputnik. Eron AQShning Iroqda joylashtirilgan bazalari bo‘ylab 15 ta ballistik raketalarni uchirdi, 11 tasi nishonga tegdi, deb xabar qilmoqda Fox News telekanali AQSh HK Markaziy qo‘mondonligiga tayangan holda.

Eron-Amerika urushi juda yaqinimizda - Xitoy OAVlari

Xabarga ko‘ra, raketalarning o‘ntasi Anbar provinsiyasidagi Eyn-al-Abad bazasi hududiga kelib tushgan, bittasi - Erbildagi baza territoriyasiga, Erbildagi baza bo‘ylab yo‘naltirilgan yana to‘rtta raketa joiz tarzda ishga tushmagan.

Hujum ikki zarbda bir soatlik tafovut bilan amalga oshirilgan.

Eron Tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarif Eronning Iroqdagi AQSh bazalariga amalga oshirilgan zarbani o‘z-o‘zini mudofaa qilish chorasi, deb atagan.

"Eron bizning fuqarolarimiz va yuqori mansabdagi amaldorlarimizga nisbatan qo‘rqoqlarcha amalga oshirilgan qurollangan hujum amalga oshirilgan bazaga zabhrba berib, BMT Nizomining 51-moddasiga javoban muvofiq o‘z-o‘zini mudofaa qilish choralarini ko‘rdik. Biz vaziyatni ziddiylashtirish yoki urushga intilayotganimiz yo‘q, lekin har qanday tajovuzdan himoya qilamiz", — deb yozgan Zarif Twitterda.

Protestuyushie s fotografiyami ubitogo generala KSIR Kasema Suleymani i prezidentom Xassanom Rouxani, 3-yanvarya 2020 goda - Sputnik O‘zbekiston
Eron AQShdan qasos olishning 13ta ssenariysini tayyorladi - OAV

AQSh Mudofaa vazirining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha yordamchisi Jonatan Xoffman Qo‘shma Shtatlar regiondagi o‘z harbiylari, sheriklari va ittifoqdoshlar himoyasi uchun "barcha zarur choralarni ko‘rishini" ma’lum qildi.

AQSh prezidenti Donald Tramp Eronning raketa hujumi bo‘yicha chorshanba kuni ertalab bayonot berishini ma’lum qilgan.

"Hammasi joyida! Raketalar Erondan Iroqdagi ikkita harbiy baza bo‘ylab uchirilgan. Hozirda jabrlangangan mavjudligi va yetkazilgan zarar miqdorini aniqlanmoqda. Lekin hammasi yaxshi!.. Men ertaga ertalab bayonot bilan chiqish qilaman", - deb yozgan u chorshanba kuni (mahalliy vaqt bo‘yicha seshanba kechasi) Twitterda.

Eslatib o‘tamiz, Eron Oliy Xavfsizlik Kengashi kotibi Ali Shamxoniy Tehronda general Kassam Sulaymoniyning o‘ldirilishiga javoban AQShdan o‘ch olish uchun 13 ta ssenariy mavjudligini aytgan edi. 

Shamxoniyning so‘zlariga ko‘ra, tayyorlangan ssenariylarning "eng soddasi" ham "Amerika uchun dahshatga aylanadi".

Seshanba kuni Eron parlamenti Pentagon va AQSh armiyasini terrorchi tashkilotlar bilan tenglashtiruvchi qonun loyihasini bir ovozdan qabul qildi. Hujjatda, shuningdek, milliy rivojlanish jamg‘armasidan Eron armiyasining elita bo‘linmasi - Quds maxsus kuchlariga 200 million yevro ajratilishi ma’qullangan.

Yangiliklar lentasi
0